O'zbekiston

Janubiy Koreyaga ishga yuborishdagi 90 mln dollarlik ish bo‘yicha sud boshlanadi

Jinoyat ishi doirasida to‘rt nafar shaxsga nisbatan bir qator og‘ir moddalar bilan ayblov e’lon qilingan.

Janubiy Koreyaga ishga yuborishdagi 90 mln dollarlik ish bo‘yicha sud boshlanadi

Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq, qariyb 90 million AQSH dollari zarar yetkazilgani aytilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni 29-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida boshlanadi.

 

“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning ma’lum qilishicha, ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida sudya Dadaxonova raisligida ko‘rib chiqiladi. Mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov Bosh prokuratura tomonidan olib borilgan.

 

Sudlanuvchilar sifatida G‘anchar Ummat o‘g‘li Uzoqov, Timur Badriddinovich Shariksiyev, Alijon G‘aniyevich Ashurov hamda Suxrob Sanjarovich Sayfutdinov ishtirok etmoqda.

 

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandlari (pora olish), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) hamda 301-moddasi 1-qismi (hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan chetga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

 

Ayni paytda sudlanuvchilarning aybi sud tomonidan isbotlanmagan. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, shaxs sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aybdor deb topilmaguncha aybsiz hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil may oyida Bosh prokuratura huzuridagi departament Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion sxema fosh etilganini ma’lum qilgandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda ayrim xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdorlari ishtirokidagi jinoiy guruh fuqarolardan rasmiy to‘lovlardan tashqari 7–12 ming AQSH dollaridan noqonuniy mablag‘ yig‘gan.

 

Tergov davomida ushbu sxema orqali qariyb 90 million dollar, shuningdek, alohida epizodlar bo‘yicha yana 45 million dollar noqonuniy olingani aniqlangani bildirilgan.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"