O'zbekiston

Qariyb 600 million so‘m yutuqqa ega “Yil o‘qituvchisi” tanlovining final sinovlari o‘tkazilmoqda

Mazkur tanlovda Respublikaning 208 ta hududida faoliyat olib borayotgan jami 416 nafar pedagog ishtirok etmoqda.

Qariyb 600 million so‘m yutuqqa ega “Yil o‘qituvchisi” tanlovining final sinovlari o‘tkazilmoqda

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekistonning barcha hududlarida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

 

 

Yuksak bilim va kasbiy tajribaga ega ustozlarning o‘zaro mahorat maydoniga aylanib borayotgan mazkur tanlovda Respublikaning 208 ta tuman (shahar)ida faoliyat olib borayotgan jami 416 nafar pedagog ishtirok etmoqda.

 

 

Mazkur bosqichda nomzodlar jami 100 ballik tizim asosida, quyidagi 2 ta yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:

 

— Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishi — Bunda nomzodning shaxsiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi, shuningdek, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari faoliyati hamda tashabbuslari yuzasidan taqdimoti e’tiborga olinadi va 20 ballik tizim asosda baholanadi.

 

— Test sinovi (kitobxonlik bo‘yicha) yo‘nalishi — Bunda nomzodlar tasdiqlangan adabiyotlar asosidagi 40 ta savoldan iborat test sinovida qatnashadi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan (jami 80 ball) taqdim etiladi.

 

 

Ma’lumot uchun: “Yil o‘qituvchisi” tanlovining dastlabki bahslarida 2025-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkazilgan malaka sinovlari natijalariga asosan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 47 ming nafarga yaqin pedagoglar qatnashgan (ikkinchi bosqichda 624 nafar).

 

 

Uchinchi (so‘nggi) bosqichda 416 nafar pedagog qatnashmoqda va sinov jarayonlarida yuqori natijaga erishgan 208 nafar pedagog g‘olib, deb tan olinadi.

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, tanlovda har bir tuman (shahar) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘olib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari (hozirgi vaqtda 576 mln 800 ming so‘m)ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

custom img

Buxoroning tarixiy hududida elektroskuter va elektrosamokatlardan foydalanish cheklanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"