Jahon

Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila oqibatida savdo markazida portlash bo‘ldi

Tabiiy ofat oqibatida elektr ta’minoti uzildi, yo‘llar va binolar shikastlandi, savdo markazida yuz bergan portlashdan keyin 20–30 nafar ishchi bedarak yo‘qoldi.

Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila oqibatida savdo markazida portlash bo‘ldi

Seshanba kuni Yaponiyaning janubi-g‘arbidagi Kumamoto prefekturasida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Kuchli silkinish natijasida minglab xonadon elektr ta’minotisiz qoldi, yo‘llar va ko‘priklarga zarar yetdi, ayrim binolar qulab tushdi. Qutqaruv xizmatlari bir necha hududlarda vayronalar ostida qolganlarni qidirishni davom ettirmoqda.

 

Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi hukumat tabiiy ofat oqibatlarini baholash ishlari davom etayotganini bildirib, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zilzila oqibatida jarohatlanganlar bor, ayrim hududlarda yong‘inlar yuz bergan.

 

Rasmiylar qariyb 300 ming kishini evakuatsiya markazlariga yo‘naltirdi. Qidiruv-qutqaruv ishlariga yuzlab harbiy xizmatchilar jalb etilgan. Shu bilan birga, Kyusyu orolida kuchli takroriy silkinishlar davom etmoqda.

 

Eng jiddiy hodisalardan biri Kumamoto prefekturasidagi eng yirik savdo markazida sodir bo‘ldi. NHK telekanali ma’lumotiga ko‘ra, zilziladan keyin binoda portlash yuz bergan va 20–30 nafar ishchi bilan aloqa uzilgan. Yong‘in xavfsizligi xizmati bir necha kishi bino ichida qolib ketganini ma’lum qilgan.

 

Mahalliy OAV politsiya ma’lumotlariga tayanib, portlash oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan yoki halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilmoqda. Biroq bu ma’lumot Reuters tomonidan mustaqil tasdiqlanmagan.

 

Videolarda qariyb 200 ta do‘kon joylashgan savdo markazining bir qismi butunlay qulab tushgani, metall konstruksiyalar ochilib qolgani va vayronalar avtoturargoh bo‘ylab sochilib yotgani ko‘rinadi. Qutqaruvchilar omon qolganlarni qidirishda davom etmoqda.

 

Savdo markazini boshqaruvchi Aeon kompaniyasi mijozlar va xodimlar zilziladan so‘ng darhol evakuatsiya qilinganini bildirdi. Portlash sababi hozircha noma’lum. Mahalliy telekanallar ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassislar gaz sizib chiqishi oqibatidagi portlash ehtimolini tekshirmoqda.

 

Bundan tashqari, Nippon Paper Industries zavodida mo‘rining qulashi oqibatida ham bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Ikki shifoxona 50 nafardan ortiq jabrlanuvchini qabul qilgan, ularning ayrimlari og‘ir ahvolda. Yuqori tezlikdagi poyezdlarda bo‘lgan ayrim yo‘lovchilar ham jarohat olgan.

 

Tabiiy ofat transport infratuzilmasiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Magistral yo‘llarda yirik yoriqlar paydo bo‘ldi, temiryo‘l qatnovi to‘xtatildi, Kumamoto aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagini yopdi. Aviakompaniyalar qator reyslarni bekor qildi yoki boshqa aeroportlarga yo‘naltirdi.

 

Yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchi TSMC, Sony va Fujifilm kompaniyalari ehtiyot chorasi sifatida zavodlaridagi xodimlarni evakuatsiya qildi. TSMC korxonalari zarar ko‘rmaganini va ishlab chiqarish bosqichma-bosqich tiklanayotganini ma’lum qildi. Tokyo Electron Kumamotodagi ikki zavodi faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan bo‘lsa, Honda ham mototsikl ishlab chiqaruvchi korxonasini vaqtincha yopishini e’lon qildi.

 

Zilzila epitsentri Kumamoto shahridan taxminan 20 kilometr janubda qayd etildi. Yaponiya Meteorologiya agentligi keyingi bir hafta davomida kuchli takroriy zilzilalar va ko‘chki xavfi saqlanib qolishi haqida ogohlantirdi. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, asosiy zilziladan keyin hududda qariyb 100 ta aftershok kuzatilgan.

 

Dastlab e’lon qilingan sunami ogohlantirishi keyinchalik bekor qilindi. Shunga qaramay, Kyushu Electric Power ma’lumotiga ko‘ra, 48 mingga yaqin xonadon elektr ta’minotisiz qolmoqda. Telekom operatorlari mobil aloqa xizmatlarida ham uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi.

 

Yaponiya yadro nazorati organi hududdagi atom elektr stansiyalarida favqulodda holatlar qayd etilmaganini bildirdi.

 

Rasmiylar elektr ta’minoti tiklanmagan minglab uylar aholisi uchun yana bir xavf — kuchli jazirama haqida ham ogohlantirdi. Sinoptiklar chorshanba kuni havo harorati 34 darajagacha ko‘tarilishini prognoz qilmoqda.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"