Jahon

“Endi bizning navbatimiz” — AQSh Eronga yana zarba berdi

Vashington yangi hujumlarni Eronning Yaqin Sharqdagi AQSh kuchlariga qarshi harakatlariga javob deb atadi.

“Endi bizning navbatimiz” — AQSh Eronga yana zarba berdi

 

AQSh Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlaganini ma’lum qildi. Vashington yangi hujumlarni Eronning Yaqin Sharqdagi AQSh kuchlariga qarshi harakatlariga javob sifatida izohladi.

 

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lumotiga ko‘ra, harbiy amaliyot davomida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC)ga tegishli qo‘mondonlik markazlari, raketa va dron uchirish maydonchalari hamda qirg‘oq qo‘riqlash infratuzilmasiga zarbalar berilgan.

 

CENTCOM bayonotida operatsiya AQSh harbiylari va mintaqadagi ittifoqchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgani qayd etildi.

 

Reuters agentligi Eron ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berishicha, mamlakat janubidagi bir qator hududlarda, jumladan Ahvaz shahri, Qeshm oroli va Bushehr atrofida portlashlar kuzatilgan.

 

AQSh Prezidenti Donald Tramp avvalroq Eronning Iordaniyadagi AQSh harbiy bazasiga uyushtirilgan hujumidan so‘ng Vashington “juda kuchli javob” berishini bildirgan edi. Uning ta’kidlashicha, AQSh harakatlari Tehronning so‘nggi hujumlariga javob hisoblanadi.

 

Shuningdek, AQSh va Saudiya Arabistoni Iroq hududidagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan qurolli guruhlar obyektlariga ham zarbalar berganini ma’lum qildi. Iroq rasmiylari esa mamlakat hududiga berilgan hujumlarni qoralab, buni davlat suverenitetining buzilishi sifatida baholagan.

 

So‘nggi harbiy harakatlar fonida Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Shu bilan birga, ayrim xalqaro nashrlar tomonlar o‘rtasida diplomatik muloqotni tiklash ehtimoli ham muhokama qilinayotganini xabar bermoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.