Jahon

Husiylar Saudiya Arabistoniga Iroq hududidan hujum qilgani aytilmoqda

Manbalarga ko‘ra, operatsiyalar Iroqdagi Eronga yaqin qurolli guruhlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Husiylar Saudiya Arabistoniga Iroq hududidan hujum qilgani aytilmoqda

Yamandagi husiylar Saudiya Arabistoniga uyushtirilgan so‘nggi hujumlarning bir qismini Iroq hududidan turib amalga oshirgani aytilmoqda. 

 

Mintaqadagi ikki rasmiyning Reuters'ga bildirishicha, husiylar joriy hafta Saudiya Arabistonining sharqiy viloyatidagi neft obyektlariga Iroq hududidan zarba bergan. Ularning ta’kidlashicha, ayrim hujumlar Iroqdagi Eronga yaqin qurolli guruhlar bilan birgalikda va Eron Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi (IIQK) nazorati ostida amalga oshirilgan.

 

Qayd etilishicha, bu holat Eron boshchiligidagi "Qarshilik o‘qi" tarkibidagi guruhlar o‘rtasidagi hamkorlik kuchayganini ko‘rsatadi. Tahlilchilarga ko‘ra, Suriyada Bashar Asad hokimiyatining qulashi va Livanda Hizbullohning zaiflashishi ortidan Iroq ushbu ittifoq uchun muhim tayanch hududga aylanmoqda.

 

Saudiya Arabistoni chorshanba kuni AQSH bilan birgalikda Iroqdagi hujumlarga aloqador deb hisoblangan obyektlarga havo zarbalari berdi. Riyod rasmiy ravishda hujumlar uchun Eronga yaqin Iroq qurolli guruhlarini aybladi. Husiylar esa zarbalarni o‘zlari amalga oshirganini ma’lum qilgan. Iroq hukumati voqea yuzasidan tergov olib borayotganini bildirgan.

 

Saudiya Arabistoni, Eron va Iroq hukumatlari hamda husiylar Reuters’ning izoh so‘roviga javob bermadi. Husiylar hujumlarni Yamandagi Saudiya amaliyotlariga javob va qirollik tomonidan joriy etilganini da’vo qilayotgan "qamal"ni buzishga qaratilganini bildirgan. Riyod esa bunday qamal mavjudligini rad etmoqda.

 

Husiylar va Eronga yaqin Iroq qurolli guruhlari o‘rtasidagi hamkorlik avvaldan mavjud bo‘lib, 2024-yilda tomonlar Isroilga qarshi ilk qo‘shma operatsiyasini ham e’lon qilgan edi. Tahlilchilarga ko‘ra, Iroqning keng hududi va Saudiya Arabistoni bilan 800 kilometrdan ortiq chegarasi bunday hujumlarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratmoqda.

 

Shuningdek, Iroq bosh vaziri Ali az-Zaydi Saudiya Arabistoniga rejalashtirilgan tashrifini bekor qilgan. U sentyabr oyi oxirigacha mamlakatdagi barcha qurolli tuzilmalarni davlat nazoratiga olish rejasini ilgari surmoqda.

 

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Qisqa muddatli viza bilan borib, mamlakatda qolib ketdi: o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborildi

Elchixonasi fuqarolarni mamlakatda noqonuniy yashash va ishlashdan, shuningdek, shubhali ish takliflariga ishonishdan ogohlantirdi.

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

AQSh Eronga qarshi zarbalarni 4-noyabr kuni qayta boshlashi mumkin — MS NOW

Vashington Fors ko‘rfazidagi bir nechta davlatni ehtimoliy hujumlarga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirgan.

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

Lavrov bilan suratga tushishdan bosh tortishdi: G20 uchrashuvida jamoaviy fotosessiya bekor qilindi

G20 uchrashuvida bir nechta rasmiylar Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan suratga tushishni istamadi.

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Xavfsizlik tahdidi kuchaydi: AQSh ayrim davlat xizmatchilariga Saudiya Arabistonini tark etishni buyurdi

Elchixona bunga husiylarning fuqarolik aeroportlari va muhim infratuzilmaga hujumlarini sabab qilib ko‘rsatgan.

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

Kelishuv Kanada, Norvegiya va Germaniya tomonidan moliyalashtiriladi.

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Viza dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Texnikaning dastlabki namunalari yil oxirigacha Ukraina armiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Yevropa Ittifoqining tinchlikparvar kuchlariga tegishli vertolyot o‘quv parvozi vaqtida qulagan.