O'zbekiston

Andijonda 39 ming dollar evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Ular davlat zaxirasidagi 24 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Andijonda 39 ming dollar evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

 

Andijon viloyatida davlat zaxirasidagi yer maydonini noqonuniy rasmiylashtirish bilan bog‘liq korrupsion holat fosh etildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Marhamat tumanida faoliyat yurituvchi bank xizmatlari markazlaridan birining boshlig‘i hamda “Norin–Qoradaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mashinisti o‘zaro til biriktirib, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirgan.

 

Ular Marhamat tumani hokimligi zaxirasidagi 24 sotix yer maydoni go‘yoki turar joy toifasiga o‘tkazilgani va unga oid hujjatlar mavjudligini aytib, mansabdor tanishlari orqali ushbu yer uchastkasini fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga esa 39 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida boshqarma mashinisti oldindan 25 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"