Jahon

AQSh va Isroil razvedkasi Mujtabo Xomanaiyni qidirmoqda — The Times

Xomanaiy 150 kundan ortiq vaqt davomida elektron aloqa vositalaridan foydalanmagan va omma oldida ko‘rinmagan.

AQSh va Isroil razvedkasi Mujtabo Xomanaiyni qidirmoqda — The Times

Britaniyaning The Times nashri xabariga ko‘ra, AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) hamda Isroilning Mossad razvedka xizmati Mujtabo Xomanaiyning qayerdaligini aniqlashga harakat qilmoqda.

 

Nashrning yozishicha, Xomanaiy uzoq vaqt davomida omma oldida ko‘rinmagan hamda 150 kundan ortiq vaqt mobaynida telefon va boshqa elektron aloqa vositalaridan foydalanmagan.

 

The Times manbalariga ko‘ra, u xavfsizlik nuqtayi nazaridan yaxshi qo‘riqlanadigan bunkerda bo‘lishi va tashqi dunyo bilan faqat vositachilar orqali aloqa qilayotgani taxmin qilinmoqda.

 

Mossadning sobiq yuqori martabali xodimi Rami Igraning ta'kidlashicha, Isroil razvedkasi Mujtabo Xomanaiyning joylashuvini aniqlash maqsadida Eron hududidagi agentura tarmog‘idan foydalanmoqda. Uning fikricha, elektron aloqa bo‘lmagan taqdirda ham rahbar bilan bog‘lanishda ishtirok etayotgan kuryerlar va vositachilar asosiy e'tibor markazida

 

Shu bilan birga, Tel-Avivdagi Milliy xavfsizlik tadqiqotlari instituti tahlilchisi Beni Sabti Mujtabo Xomanaiyning jamoatchilikdan yiroqda bo‘lishi Eron rahbariyatidagi ayrim guruhlarning ta'sirini kuchaytirayotgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.