O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlandi

Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi, qator muhim kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi hamda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari norasmiy Maslahat uchrashuvining tadbirlarga boy dasturi yakunlandi. “Issiqko‘l” aeroportida O‘zbekiston yetakchisi va rafiqasini Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va rafiqasi kuzatib qo‘ydilar.

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponota shahrida qirg‘izistonlik hamkasbi bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, transport sohasida o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash, suv-energetika hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

 

 

Ikki tomonlama hamkorlikni eng yuqori darajaga olib chiqadigan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi sammitning muhim natijasi bo‘ldi. Davlatlararo kengash tuzish yuzasidan kelishuvga erishildi. Shuningdek, davlat chegarasi, ijtimoiy himoya va pensiya ta’minoti, oliy ta’lim, fuqarolarning kelib-ketishi, madaniyat, turizm hamda agrosanoat majmuasi sohalariga oid salmoqli hujjatlar to‘plami almashildi.

 

 

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 3 milliard dollarga yetkazish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li bo‘ylab infratuzilmani rivojlantirish hamda Qambarota-1 GESni barpo etish loyihasini jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

 

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Qirg‘iz Respublikasining oliy davlat mukofoti – I darajali “Manas” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ham ishtirok etdi. Hamkorlikning institutsional asoslarini mustahkamlash, savdo va transport o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirish, raqamli xizmatlarni kengaytirish, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga birgalikda qarshi kurashish hamda gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalarini qamrab oluvchi mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini bayon qildi.

 

 

Tashrif doirasida davlat rahbarlari Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubi, yangi besh yulduzli “Boku” mehmonxonasi hamda Issiqko‘lda suv-motor sporti bo‘yicha chempionatning ochilish marosimlarida ishtirok etdilar.

 

Tadbirlar yakuniga yetgach, Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Toshkentga jo‘nab ketdi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.