O'zbekiston

2027-yildan nogironligi bo‘lgan bolalar vaucher asosida assistiv jihozlar bilan ta’minlanadi

Nogironligi bo‘lgan bolalarning uyiga yaqin joyda maxsus sinflar tashkil etgan nodavlat maktablarga har bir o‘quvchi uchun subsidiya ajratiladi.

2027-yildan nogironligi bo‘lgan bolalar vaucher asosida assistiv jihozlar bilan ta’minlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Taqdimotda qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan 168 mingdan ortiq bola istiqomat qiladi. Ularning 133,8 ming nafari ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olingan bo‘lsa, yana 34,6 ming nafar bolani ta’limga jalb etish zarur.

 

Shu maqsadda 2026-yil 1-oktyabrdan Xorazm va Navoiy viloyatlarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ehtiyojlarini baholashning yangi mexanizmi sinov tariqasida joriy etiladi. Unda ijtimoiy xodimlar har bir bola bilan "oilabay" ishlaydi va unga mos ta’lim hamda ijtimoiy xizmatlar belgilanadi.

 

2026/2027-o‘quv yilidan maxsus maktablarda ta’lim individual rejalar asosida tashkil etilishi, ko‘zi ojiz pedagoglar hamda boshlang‘ich sinflarga shaxsiy assistent va yordamchi xodimlar biriktirilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalarning uyiga yaqin joyda ta’lim olishiga sharoit yaratish maqsadida korreksion sinflar tashkil etgan nodavlat maktablarga har bir o‘quvchi uchun subsidiya ajratiladi. Har yili kamida 50 ta maktabning inklyuziv muhitni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslari grant asosida moliyalashtiriladi.

 

2027-yildan bolalarni matnni o‘qish qurilmalari, ovoz sintezatorlari, Brayl displeylari va boshqa assistiv jihozlar bilan vaucher asosida ta’minlash taklif etildi.

 

2027/2028-o‘quv yilidan esa nogironligi bo‘lgan shaxslarga kirish va sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt, Brayl alifbosi, surdotarjimon, assistent va boshqa zarur sharoitlar yaratiladi.

custom img

Xiva, Buxoro va Toshkent o‘rtasida yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Xiva — Buxoro — Xiva yo‘nalishida 9 sentyabrdan, Buxoro — Toshkent — Buxoro yo‘nalishida esa 14 sentyabrdan yangi elektropoyezdlar qatnay boshlaydi.

custom img

O‘zbekistonning PISA 2025 natijalarida ijobiy o‘sish qayd etildi

PISA 2025 xalqaro tadqiqotida O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"