O'zbekiston

AQSHdan 18 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

O‘zbekiston fuqarolari maxsus charter reysi orqali Toshkentga olib kelindi.

AQSHdan 18 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

 

AQSH immigratsiya qonunlarini buzgan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi maxsus charter reysi orqali Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, deportatsiya qilingan fuqarolarni olib kelgan samolyot 1-avgust kuni Toshkentga qo‘ngan. Ularning O‘zbekistonga qaytarilishi O‘zbekiston va AQSH vakolatli organlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik natijasida amalga oshirilgan.

 

Ikki davlatning mas’ul idoralari fuqarolarning shaxsini aniqlash, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularni xavfsiz tarzda vatanga qaytarish bilan bog‘liq barcha tashkiliy va huquqiy jarayonlarni hamkorlikda amalga oshirgan.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston migratsiya sohasida xorijiy hamkorlar bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, migratsiya qonunchiligi buzilishlarini kamaytirish hamda xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"