Jahon

Bugun AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar boshlanadi — Tramp

Eron esa hozircha bu borada rasmiy bayonot bergani yo‘q.

Bugun AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar boshlanadi — Tramp

 

AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH va Eron o‘rtasidagi yangi muzokaralar bugun boshlanishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, muzokaralar Eronga rejalashtirilgan keng ko‘lamli zarbalar bekor qilinganidan so‘ng yo‘lga qo‘yilmoqda.

 

Tramp Air Force One bortida jurnalistlar bilan suhbatda Eron hujum xavfi yaqinlashayotganini anglaganini ta’kidlagan. Shuningdek, u muzokaralar dushanba tushdan keyin boshlanishini bildirgan.

 

AQSH prezidenti avvalroq Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Eron hamda AQSHning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari undan harbiy hujumlardan tiyilishni so‘ragani va tomonlar o‘rtasidagi kelishuvning asosiy shartlari bo‘yicha muhim siljishlarga erishilganini yozgan edi.

 

Biroq Eron tomoni hozircha muzokaralar sanasi yoki ularda ishtirok etishga tayyorligi yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.

 

Tramp muzokaralar uchun aniq muddat belgilashdan bosh tortib, vaziyat rivojiga qarab qaror qabul qilinishini aytgan. U, shuningdek, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hamda AQSHning mintaqadagi hamkorlari — BAA va Qatar rahbariyati uni dam olish kunlari Eronga qarshi yangi hujumlardan voz kechishga chaqirganini ma’lum qilgan.

 

AQSH prezidenti, shuningdek, Hormuz bo‘g‘ozi va Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvlarga erishish imkoniyati mavjudligini bildirib, tomonlar muzokaralar orqali muammolarni hal qilishga tayyor ekanini qayd etgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.