Jahon

Hindistondagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 85 nafarga yetdi

Tabiiy ofat oqibatida 349 ta aholi punkti suv ostida qolgan bo‘lib, 300 mingdan ortiq aholi jabr ko‘rgan.

Hindistondagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 85 nafarga yetdi

 

Hindistonning shimoli-sharqidagi Assam shtatida kuzatilayotgan kuchli suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 85 nafarga yetdi. Bu haqda shtatning Tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi ma’lum qildi deydi TASS.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 349 ta aholi punkti suv ostida qolgan bo‘lib, 300 mingdan ortiq aholi jabr ko‘rgan. Shuningdek, suv toshqinlari 15 ming 400 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlariga zarar yetkazgan.

 

Hududda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Hindiston armiyasi hamda harbiy-havo kuchlari qutqaruv operatsiyalariga jalb etilgan. Tashqi dunyo bilan aloqasi uzilgan, borish qiyin bo‘lgan hududlarga zarur oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazish uchun dronlardan foydalanilmoqda.

 

Ayni paytda Assamning 10 ta tumanida 44 ta vaqtinchalik evakuatsiya lageri tashkil etilgan bo‘lib, ularda 15 mingga yaqin fuqaro joylashtirilgan. Shuningdek, jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatish maqsadida gumanitar yordam tarqatish markazlari faoliyat yuritmoqda.

 

Mutasaddilar hududdagi vaziyatni nazoratga olgan bo‘lib, qutqaruv va tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Kemalarga hujumlar davom etayotgani ortidan jahon bozorida neft narxi yana ko‘tarildi.

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Kamchatkada sayyohlik bazasi qorovuli ayiq hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Ushbu chora migrantlarning ishlamaydigan yaqinlari Rossiyada qolishini cheklashga qaratilgan.

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

O‘tgan yili e’lon qilingan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1600 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Zarba oqibatida bir nechta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi, Vinnitsa viloyatida esa ikki kishi halok bo‘ldi.