O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidentining yana bir global tashabbusi BMTda keng e’tirof etildi va qabul qilindi

Tashabbusda parlamentlarning ijtimoiy rivojlanishdagi o‘rni, ayollar va yoshlarning parlamentdagi ishtirokini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari o‘z aksini topgan.

O‘zbekiston Prezidentining yana bir global tashabbusi BMTda keng e’tirof etildi va qabul qilindi

BMT Bosh Assambleyasi Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyani a’zo davlatlarning mutlaq ko‘pchilik ovozi bilan qabul qildi.

 

Mazkur tashabbus ilk bor O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan edi. Keyingi yillarda olib borilgan diplomatik ishlar natijasida ushbu g‘oya rezolyutsiya loyihasi sifatida shakllantirilib, BMTga a’zo davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

 

Rezolyutsiyada Toshkent shahrida o‘tkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi hamda uning yakunida qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining ahamiyati alohida qayd etilgan.

 

Hujjat parlamentlarning ijtimoiy rivojlanishdagi rolini kuchaytirish, ayollar va yoshlarning parlament faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish, rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

 

Rezolyutsiya bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berishda 167 davlat uni yoqlab ovoz berdi. Hujjatga 61 mamlakat, jumladan Avstriya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya va Ispaniya hammuallif sifatida qo‘shilgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur rezolyutsiyaning qabul qilinishi O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlanayotganini hamda mamlakatning parlamentlararo hamkorlik va ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishidagi sa’y-harakatlariga berilgan e’tirofni aks ettiradi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.