O'zbekiston

O‘zbekistonda avtobus yo‘l haqlarini oshirish taklif qilindi

Jamoat transportida subsidiyalar tizimini qayta ko‘rib chiqish, tashuvchilarga to‘lovlarni xizmat sifati bilan bog‘lash va avtobus tariflarini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda.

O‘zbekistonda avtobus yo‘l haqlarini oshirish taklif qilindi

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soya iqtisodiyotini qisqartirish, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda fiskal tahlil instituti jamoat transportini moliyalashtirish tizimini isloh qilish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.

 

Takliflar 30-iyul kuni o‘tkazilgan fiskal muloqot davomida taqdim etildi.

 

Institut ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda jamoat transporti bo‘yicha yalpi shartnomalarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan yiliga 1,9 trillion so‘m ajratilmoqda. Shundan 1,3 trillion so‘mi Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimiga to‘g‘ri keladi. Hozirda transport tizimi xarajatlarining 65,1 foizi subsidiya hisobidan qoplanmoqda.

 

Qayd etilishicha, subsidiyalar hajmi 2024-yildagi 1 trillion so‘mdan 2025-yilda 1,2 trillion so‘mga, 2026-yilda esa 1,385 trillion so‘mga yetgan. Natijada, ikki yil ichida ushbu ko‘rsatkich 38,5 foizga oshgan.

 

Institut tahlillariga ko‘ra, Toshkent va hududlardagi jamoat transporti imkoniyatlari o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud. Shuningdek, subsidiyalar hajmi ortib borayotganiga qaramay, ularning samaradorligi va natijalari yetarli darajada shaffof hamda o‘lchab bo‘ladigan tizimga ega emas.

 

Shu bois institut quyidagi takliflarni ilgari surdi:

  • yo‘lovchilar oqimi past bo‘lgan yo‘nalishlarni optimallashtirish;

  • avtobus yo‘l haqlarini bosqichma-bosqich iqtisodiy jihatdan asoslangan darajaga yaqinlashtirish;

  • hududlarda jamoat transporti qamrovini kengaytirish;

  • tashuvchilarga to‘lanadigan mablag‘larni xizmat sifati ko‘rsatkichlariga bog‘lash;

  • imtiyozli toifadagi fuqarolar uchun maqsadli qo‘llab-quvvatlash tizimini saqlab qolish.

 

Institutning ta’kidlashicha, maqsadli subsidiyalar tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali Toshkent jamoat transportiga ajratilayotgan mablag‘larning bir qismini hududlarda transport infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirish mumkin bo‘ladi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.