O'zbekiston

O‘zbekistondagi reabilitatsiya markazlari yashash joyi bo‘lmaganlarga vaqtinchalik boshpanaga aylantiriladi

Boshpanasiz shaxslar vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlariga joylashtirilib, ular uchun hujjatlarni tiklash, kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish bo‘yicha individual reja ishlab chiqiladi.

O‘zbekistondagi reabilitatsiya markazlari yashash joyi bo‘lmaganlarga vaqtinchalik boshpanaga aylantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi takliflar taqdim etildi.

 

Taqdimotda amaldagi reabilitatsiya muassasalarini vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlariga aylantirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Hozirda respublika bo‘yicha 726 o‘ringa mo‘ljallangan 11 ta reabilitatsiya markazi faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida ularga 1,1 ming nafar shaxs joylashtirilgan.

 

Yangi tizimga ko‘ra, boshpanasiz shaxslar markazlarga o‘z murojaati, “mahalla yettiligi” tavsiyasi yoki ijtimoiy xodim hamda profilaktika inspektori ko‘magida joylashtiriladi. Har bir fuqaro uchun individual reja ishlab chiqilib, hujjatlarini tiklash, tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, kasbga o‘qitish hamda ishga joylashtirish choralari belgilanadi.

 

Shuningdek, markazlarda bandlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘linmalari tashkil etilishi, tadbirkorlarga bo‘sh joylar imtiyozli shartlarda ijaraga berilishi rejalashtirilgan. Boshpanasiz shaxslarga kasb-hunarga o‘qish uchun vaucher ajratish, ularni ijtimoiy ehtiyojmand toifaga kiritish va ular uchun ish o‘rinlarini zaxiralash ham taklif etilgan.

 

Bundan tashqari, nodavlat tashkilotlarga davlat ijtimoiy buyurtmalarini joylashtirish orqali boshpanasiz shaxslarni vaqtinchalik boshpana, issiq ovqat va kiyim-bosh bilan ta’minlash qamrovini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"