Jahon

Pokistondagi tinchlik mitingida terrorchi o‘zini portlatdi

Portlash oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘lgan.

Pokistondagi tinchlik mitingida terrorchi o‘zini portlatdi


 
CNN xabariga ko'ra, hodisa Svat tumanining Kabal shahrida yuz bergan. Yuzlab odamlar politsiya bo‘limi yaqinida terrorizmga qarshi shiorlar bilan tinchlik namoyishini o‘tkazayotgan paytda terrorchi odamlar orasida o‘zini portlatgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar orasida 5 nafar politsiyachi va 9 nafar tinch aholi vakili bor. Yana 20 dan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olgan.


 
Voqea guvohlarining aytishicha, portlashdan bir necha daqiqa avval miting ishtirokchilari hukumatni mintaqada xavfsizlikni kuchaytirishga va qurolli guruhlarga qarshi qat'iy choralar ko‘rishga chaqirgan. Portlash namoyish eng gavjum pallaga yetgan vaqtda sodir bo‘lgan.


 
Hujum uchun hozircha hech bir qurolli guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Shunga qaramay, huquq-tartibot idoralari asosiy gumonni "Tehrik-i Tolibon Pokiston" (TTP) harakatiga qaratmoqda. So‘nggi yillarda ushbu guruh Xayber Paxtunxva viloyatida xavfsizlik kuchlari va tinch aholiga qarshi hujumlarni keskin ko‘paytirgan.


 
Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy va bosh vazir Shahboz Sharif hujumni keskin qoralab, aybdorlarni javobgarlikka tortish va jabrlanganlarga barcha zarur yordam ko‘rsatilishini ma'lum qildi.

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Ayol 1-noyabr kuni ishga ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQSh Davlat departamenti tug‘ilish turizmini tashkil etishga aloqador shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Bu urush boshlanganidan beri eng yirik mahbus almashinuvi bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Hozirda erkak deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Qirg‘izistonda prezidentlik lavozimiga da’vogarlar soni 11 nafarga yetdi.

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Hozirda harbiy vertolyotning qulash sabablari o‘rganilmoqda.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.