Jahon

Qatar AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda siljish borligini bildirdi

Qatar, Pokiston va Ummon AQSH hamda Eron o‘rtasida takliflar almashinuvi va muzokaralarni yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda.

Qatar AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralarda siljish borligini bildirdi

Qatar AQSH va Eron o‘rtasidagi urushni to‘xtatishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarda muayyan siljish kuzatilayotganini ma’lum qildi. Biroq Tehron AQSH prezidenti Donald Trampning tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanganiga oid bayonotini rad etdi, deya xabar berdi Reuters.

 

Qatar Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Majid al-Ansoriyning aytishicha, vositachilar ishtirokidagi muloqotlar muhim bosqichga kirgan. Qatar, Pokiston va Ummon AQSH hamda Eron o‘rtasida takliflar almashinuvi va muzokaralarni yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqda.

 

Shunga qaramay, Eron AQSH bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borilayotganini inkor etdi. Tehron faqat Ummon bilan Hormuz bo‘g‘ozi masalasida muloqot qilayotganini, yaqin kunlarda AQSH bilan uchrashuvlar rejalashtirilmaganini bildirdi.

 

AQSH prezidenti Donald Tramp avvalroq Eron bilan muzokaralar boshlanganini va Tehron kelishuvga erishish uchun "so‘nggi imkoniyat"ga ega ekanini aytgandi. Biroq AQSH Davlat kotibi Marko Rubio hamda Moliya vaziri Skott Bessent muzokaralar hali yakunlanmaganini, ammo Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnovini tiklash bo‘yicha ijobiy siljish kuzatilayotganini ma’lum qildi.

 

Rubioning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yakuniy kelishuvga hali erishmagan, biroq bunga yaqinlashmoqda. Bessent esa bo‘g‘ozni qayta ochish bo‘yicha kelishuv seshanba yoki chorshanba kuni imzolanishi mumkinligini aytdi.

 

Mazkur bayonotlar fonida jahon bozorida neft narxi pasaydi. Brent markali neft narxi 4 foizdan ortiq arzonladi. Investorlar Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish tez orada tiklanishiga umid qilmoqda. Ammo bo‘g‘ozda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda.

 

Buyuk Britaniyaning Dengiz savdosi operatsiyalari markazi (UKMTO) ma’lumotiga ko‘ra, Ummon sohillari yaqinida Hormuz bo‘g‘ozi hududida harakatlangan quruq yuk kemasi noma’lum snaryad zarbasiga uchragan. Reuters manbalari ekipaj kemani tark etganini, dengizchilardan biri bedarak yo‘qolganini xabar qildi.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozi va mintaqadagi dengiz yo‘llaridan bosim vositasi sifatida foydalanishda davom etmoqda. Shu bilan birga, Reuters manbalari AQSH urush davomida yuqori aniqlikdagi uzoq masofali raketalar zaxirasining sezilarli qismini sarflab bo‘lgani haqida xabar berdi. Bu esa Vashingtonning uzoq muddatli harbiy salohiyati borasida savollarni kuchaytirmoqda.

 

Vositachilar muzokaralarda ijobiy siljish kuzatilayotganini bildirayotgan bo‘lsa-da, AQSH va Eron rasmiylari tomonlar o‘rtasidagi muloqot masalasida hanuz bir-biriga zid bayonotlar bermoqda.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.