O'zbekiston

Shahrisabz tumani hokimining fuqaro xonadonidagi xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi so‘raldi

Hokim fuqaroning yashash sharoitini tanqid qilgani va jarima qo‘llash bo‘yicha topshiriq bergani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi viloyat hokimligiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha taqdimnoma kiritdi.

Shahrisabz tumani hokimining fuqaro xonadonidagi xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi so‘raldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanovning mahalliy aholi xonadoniga kirib, fuqaro bilan muloqoti aks etgan videotasvir keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

Videoda hokim xonadon egasiga yashash joyini ozoda saqlash bo‘yicha tanbeh berib, uyning sanitariya holatini tanqid qilgani, tasvirlarni mahalla Telegram guruhiga joylashtirishini aytgani aks etgan. Shuningdek, u mazkur xonadondan "hech kim kelin olmasligi" haqida fikr bildirgan, fuqaroning tush payti dam olayotganini tanqid qilgan hamda mas’ullarga xonadon egalariga jarima qo‘llash bo‘yicha topshiriq bergani ko‘rinadi.

 

Videoda mahalla raisi sifatida tanishtirilgan ayol ham fuqaroni uy va hovlini toza saqlamagani uchun tanqid qilgan.

 

Holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi munosabat bildirib, har qanday darajadagi rahbar fuqarolar bilan muloqotda davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi shartligini eslatdi.

 

Agentlik ta’kidlashicha, fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini buzish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek, asossiz ma’muriy bosim o‘tkazish amaldagi qonunchilik va etika me’yorlariga zid hisoblanadi.

 

Ma’lum qilinishicha, Agentlik o‘z vakolati doirasida Qashqadaryo viloyati hokimligiga mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazish hamda huquqiy baho berish bo‘yicha taqdimnoma kiritgan.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"