Jahon

Arab va musulmon davlatlari Quddusdagi muqaddas qadamjolarni himoya qilish rejasini ishga tushirdi

Tashabbus Isroil tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklarni hujjatlashtirish, muqaddas maskanlar atrofidagi vaziyatni muhokama qilishni nazarda tutadi.

Arab va musulmon davlatlari Quddusdagi muqaddas qadamjolarni himoya qilish rejasini ishga tushirdi

Arab va musulmon davlatlari tashqi ishlar vazirlari bosib olingan Sharqiy Quddus hamda u yerdagi islomiy va nasroniy muqaddas qadamjolarda Isroil tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklarni hujjatlashtirish va xalqaro hamjamiyatga yetkazish uchun doimiy mexanizm tashkil etishga kelishib oldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Iordaniyada bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunida qabul qilingan qo‘shma bayonotga ko‘ra, Isroilning muqaddas qadamjolar va ibodat qiluvchilarga nisbatan harakatlarini yorituvchi maxsus media platforma ishga tushiriladi. U orqali ma’lumotlar xalqaro tashkilotlar va jahon jamoatchiligiga yetkaziladi.

 

Yig‘ilishda Arab davlatlari ligasi Bosh kotibi Ahmad Abul G‘ayt, Arab vazirlarining Quddus bo‘yicha qo‘mitasi a’zolari, shuningdek, Turkiya, Pokiston, Indoneziya va Malayziya vakillari ishtirok etdi. Ular xalqaro hamjamiyatni Quddus va uning muqaddas qadamjolarida Isroil amalga oshirayotgan choralarni to‘xtatish uchun zudlik bilan amaliy harakatlar ko‘rishga chaqirdi.

 

Qo‘shma bayonotda Isroilning Quddusning arab, islomiy va nasroniylik o‘ziga xosligini hamda uning huquqiy va demografik maqomini o‘zgartirishga qaratilgan siyosati qoralandi. Isroilning Al-Aqso masjidi va boshqa diniy maskanlardagi harakatlari tarixiy va huquqiy maqomni buzishga qaratilgan urinish sifatida baholandi.

 

Shuningdek, ishtirokchilar Quddusdagi nasroniy muqaddas qadamjolariga nisbatan cheklovlar, cherkovlar faoliyatiga aralashuv va ruhoniylarga qarshi hujumlarni ham qoraladi.

 

Vazirlar sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi yuqori darajadagi sessiyasi doirasida Islom hamkorlik tashkiloti va Arab davlatlari ligasi tashqi ishlar vazirlarining qo‘shma yig‘ilishini o‘tkazishni ham taklif qildi. Unda Quddus va uning muqaddas qadamjolaridagi vaziyat muhokama qilinadi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"