O'zbekiston

Olmaliqda Mis boyitish fabrikasining magistral quvuri yorildi

Holat yuzasidan ekologik tekshiruv o‘tkazilib, laboratoriya tahlillari boshlangan.

Olmaliqda Mis boyitish fabrikasining magistral quvuri yorildi

 

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Mis boyitish fabrikasining Chiqindi saqlash omboriga olib boruvchi magistral quvurida yorilish yuz berdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

 

OKMK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 5-avgust kuni soat 11:55 da sodir bo‘lgan. Quvurdagi nosozlik kombinat mutaxassislari tomonidan tezkor ravishda bartaraf etilib, ta’mirlash ishlari yakunlangan.

 

Voqea yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi mutaxassislari ham o‘rganish olib borgan. Boshqarmaning Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘limi (tahliliy laboratoriya) xodimlari hodisa sodir bo‘lgan hududdan tahlil uchun namunalar olgan.

 

Ma’lum qilinishicha, laboratoriya tahlillari yakuniga ko‘ra, aniqlangan holat bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: ayrim hududlarda harorat 7 darajagacha sovuq bo‘ladi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, shimoliy va tog‘li joylarda esa qor kuzatilishi mumkin.

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent aholisi uchun yangilik: isitish mavsumi boshlanish sanasi belgilandi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2026–2027 yilgi isitish mavsumi doirasida poytaxtda xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik berish bosqichma-bosqich boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevni Qasim-Jomart Toqayev kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Iordaniya Podshohi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Toshkentda havo sifati yaxshilandi: “yashil” daraja qayd etildi

Poytaxt havosida PM zarrachalari tarqalishi ortidan havo sifati yaxshilandi.

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

Ishga kirish uchun 400 dollar: Samarqandda maktab direktori ushlandi

U fuqaroni o‘qituvchi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga pul talab qilgan.

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Yangi texnologiyalar va xavfsizlik: Samarqandda ShHT+ ekspertlarining ilk uchrashuvi o‘tkazilmoqda

Tadbirda a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va hamkor mamlakatlar maxsus xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

Pulni qaytarish muddati yo‘q, kafolat belgilanmagan: 132 ta quruvchi shartnomasida kamchilik topildi

9 oyda fuqarolardan qurilish sifati va obyektlarning kech topshirilishi yuzasidan 1 700 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.