O'zbekiston

O‘zbekistonda xavfli chiqindilarini qayta ishlash darajasi 20 foizga yetkaziladi

Prezident xavfli chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qarorni imzoladi.

O‘zbekistonda xavfli chiqindilarini qayta ishlash darajasi 20 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda xavfli chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, hujjat ekologik xavfsizlikni ta’minlash, sanoat chiqindilarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan qator yangi choralarni nazarda tutadi.

 

Qarorga muvofiq, 2030-yilgacha tog‘-kon, metallurgiya, kimyo sanoati, neft-gaz va elektr energetikasi korxonalarida hosil bo‘ladigan radioaktiv hamda I–IV xavflilik sinfiga mansub kimyoviy xavfli chiqindilarni qayta ishlash darajasi 20 foizga yetkaziladi. 

 

Shuningdek, qayta ishlash imkoni bo‘lmagan chiqindilarni xavfsiz joylashtirish tizimini to‘liq joriy etish, ularning davlat hisobini yuritish va atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish belgilandi.

 

2027-yil 1-yanvardan boshlab xavfli chiqindilar hosil qiluvchi tashkilotlar ekologik ekspertiza xulosasi asosida yillik chiqindilarni boshqarish rejalarini ishlab chiqishi shart bo‘ladi. Ular chiqindilar hajmini kamaytirish, qayta ishlash ulushini oshirish hamda chiqindilarni faqat tegishli ruxsat va infratuzilmaga ega ixtisoslashgan tashkilotlarga topshirishi lozim.

 

Bundan tashqari, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab ushbu korxonalar xavfli chiqindilar bo‘yicha hisobotlarni Agentlik axborot tizimiga muntazam kiritib boradi. Mazkur talablarning bajarilishi ustidan nazoratni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) amalga oshiradi.

 

Qaror bilan Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzurida Xavfli chiqindilarni boshqarish direksiyasi tashkil etiladi. Shuningdek, Respublika radioaktiv chiqindilarni saqlash markazi Agentlik tizimiga o‘tkaziladi hamda uran merosi obyektlarini ekologik tiklash bo‘yicha vakolatli organ va operatorlar belgilandi.

 

Hujjatda raqamlashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. 2027-yil 1-yanvarga qadar maxsus axborot tizimi ishga tushiriladi. U orqali I–III xavflilik sinfiga mansub chiqindilar uchun raqamli pasport yaratiladi va ularning hosil bo‘lishidan tortib utilizatsiya qilinishigacha bo‘lgan jarayon real vaqt rejimida monitoring qilinadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.