Jahon

Rossiyada xorijliklar soni bir yilda 8,6 foizga kamaydi

Noqonuniy migrantlar ustidan nazorat kuchaytirilib, 850 mingdan ortiq kishi maxsus reyestrga kiritilgan.

Rossiyada xorijliklar soni bir yilda 8,6 foizga kamaydi

Rossiya hududida yashayotgan xorijiy fuqarolar soni 2025-yil yakunlariga ko‘ra 8,6 foizga qisqarib, 5,7 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya xizmatiga tayanib, “Vedomosti” xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi voyaga yetmagan xorijliklar soni 24,5 foizga kamayib, 591,3 ming nafarga, xorijlik ayollar soni esa 7,6 foizga qisqarib, 1,7 million nafarga yetgan.

 

Shuningdek, xorijiy fuqarolarga berilgan vaqtinchalik yashash ruxsatnomalari soni 31 304 tani tashkil etib, bir yil avvalgiga nisbatan qariyb uchdan bir qismga kamaygan. Doimiy yashash guvohnomalari soni 27,3 foizga qisqarib, 156 229 taga, Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar soni esa 27,1 foizga kamayib, 152,4 ming nafarga tushgan.

 

Rossiya IIV ma’lumotiga ko‘ra, nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga 850 mingdan ortiq noqonuniy migrant kiritilgan. Mazkur reyestrga kiritilgan shaxslarning amaldagi qonunchilikka muvofiq ayrim huquqlari cheklangan.

 

Biroq hisobotda qonuniy mehnat migratsiyasi bo‘yicha ijobiy o‘sish ham qayd etilgan. Xususan, patent yoki ishlash ruxsatnomasi asosida faoliyat yuritayotgan xorijiy fuqarolar bilan tuzilgan mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalar to‘g‘risidagi xabarnomalar soni mos ravishda 25,9 foiz va 44,5 foizga oshgan.

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2025-yil oktyabr oyida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosati konsepsiyasini tasdiqlagan. Hujjat noqonuniy migratsiyani kamaytirish, migratsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish va iqtisodiyot uchun malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishni asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilaydi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.