O'zbekiston

Toshkentda xavfsiz va zamonaviy jamoat joylari barpo etiladi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov zamonaviy, xavfsiz va hammabop jamoat makonlarini yaratishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda xavfsiz va zamonaviy jamoat joylari barpo etiladi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aziz Azimov, shahar boshqarmalari, mutasaddi idoralar hamda tuman hokimliklari rahbarlari bilan birgalikda poytaxtda zamonaviy, xavfsiz va hammabop jamoat makonlarini yaratishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

 

 

Dastlab, poytaxt hovlilaridagi bolalar va sport maydonchalari uchun taklif etilgan jihozlar namunalari ko‘zdan kechirildi. Konstruksiyalarning sifati, xavfsiz qoplamasi, uzoq muddat xizmat qilishi hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun yaratiladigan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga zamonaviy xavfsizlik, sifat va inklyuzivlik talablariga javob beradigan maydonchalarni barpo etish topshirildi.

 

Shundan so‘ng Yunusobod tumanidagi Yangishahar va Amir Temur ko‘chalarining ayrim uchastkalarida tashkil etilayotgan 24/7 formatidagi jamoat hududi ko‘zdan kechirildi. Hududda obodonlashtirish, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, servis obyektlarini joylashtirish, yoritish, ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlikni ta’minlash ishlari muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

 

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tutash hududni kompleks rivojlantirish va uni ochiq jamoat bog‘iga aylantirish ishlari boshlandi.

 

Loyiha doirasida bog‘ni o‘rab turgan panjarali to‘siqlarni olib tashlash, qulay kirish yo‘laklari va yagona piyodalar tarmog‘ini yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, bolali oilalar hamda bolalar aravachasi bilan keluvchilar uchun to‘siqsiz muhitni shakllantirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, yashil hududlarni saqlash, sayr va hordiq maskanlarini tashkil etish, zamonaviy yoritish, navigatsiya hamda xavfsizlik tizimlarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

 

Qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan loyihalarning asosiy maqsadi hududlarni shunchaki obodonlashtirish emas, balki poytaxt aholisi har kuni foydalanishi mumkin bo‘lgan xavfsiz, qulay va barcha uchun ochiq jamoat makonlarini yaratishdan iborat.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.