O'zbekiston

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasida “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

 

 

Unda jurnalistlar, jamoat faollari va soha vakillari ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi, ekologik muammolarni yoritishda jurnalistlar yo‘l qo‘yayotgan kamchiliklar tahlil qilindi. Shuningdek, tadbir davomida Uyushma qoshida ekologik yo‘nalishdagi klub tashkil etish tashabbusi ham ilgari surildi.

 

 

Davra suhbatida mutaxassislar va soha vakillari ekologik muammolarni bartaraf etishda har bir fuqaroning, ayniqsa, xotin-qizlarning o‘rni va mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Qayd etilishicha, ekologik madaniyatni shakllantirish oiladan boshlanadi. Kundalik turmushda suvni tejash, elektr energiyasidan oqilona foydalanish, chiqindilarni saralash va tejamkorlik tamoyillariga amal qilish orqali atrof-muhitni asrashga munosib hissa qo‘shish mumkin.

 

 

Tadbir davomida ro‘zg‘orda tejamkorlik madaniyatini qaror toptirish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda ekologik odatlarni bolalikdan singdirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

 

 

Tadbir yakunida ekologik mas’uliyatni kuchaytirish, xotin-qizlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bu borada ommaviy axborot vositalarining ishtirokini kengaytirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.