O'zbekiston

Wildberries kompaniyasi Rossiyani tark etib, O‘zbekistonda o‘z omborlarini ochadimi?

Kompaniya tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi va Wildberries matbuot xizmati Zamon.uz savollariga javob berdi.

Wildberries kompaniyasi Rossiyani tark etib, O‘zbekistonda o‘z omborlarini ochadimi?

Oxirgi vaqtlarda Rossiyadagi Wildberries kompaniyasi omborlariga Ukraina dronlari zarba berishi oqibatida katta yo‘qotishlarga uchradi.

 

Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Rossiyada ombor quvvatining 20 foizi hujumlar oqibatida ishdan chiqqan. Wildberries kompaniyasi uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlarini Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistonda omborlar qurib, u yerga yo‘naltirishi mumkin.

 

Xabarlarga ko‘ra, kompaniya Rossiya Federatsiya hududini tark etadi. Moscow Times nashrining yozishicha, Wildberries vakillari sotuvchilari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda uzoq muddatli saqlash omborlari endilikda asosan Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistonda joylashishini, yetkazib berish muddatlari hamda logistika xarajatlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik taqdim etilishini bildirgan

 

Zamon.uz jurnalisti Shohjahon Majidov kompaniya matbuot xizmati elektron pochtasiga  mazkur savollar bilan murojaat qildi:

 

  • Wildberries kompaniyasi logistika infratuzilmasining bir qismini Rossiyadan tashqariga ko‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri keladimi?
  • Kompaniya logistika quvvatlarini kengaytirish yoki Markaziy Osiyo davlatlarida, xususan, O‘zbekistonda yangi logistika markazlarini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqyaptimi?
  • So‘nggi dron hujumlari kompaniyaning logistika operatsiyalari va kelgusidagi rivojlanish rejalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdimi?
  • Wildberries logistika infratuzilmasining barqarorligini ta’minlash hamda mijozlar oldidagi majburiyatlarini uzluksiz bajarish uchun qanday choralarni ko‘rmoqda?

 

Kompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, ombor qurish majmualari qurilishi kompaniyaning uzoq muddatli strategiyasiga muvofiq reja asosida amalga oshirilmoqda. Kompaniya o‘zining asosiy quvvatlari Rossiya Federatsiyasi hududidan tashqariga ko‘chirishni ko‘rib chiqayotgani haqidagi ma’lumotlarni haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

 

Wildberries & Rus bergan javob xatida hozirgi vaqtda kompaniya logistika jarayonlarini tiklash hamda platformaning barqaror faoliyatini ta’minlash uchun barcha zarur resurslarni safarbar etgani yozilgan.

 

“Wildberries logistika obyektlariga uyushtirilgan hujumlar oqibatida mahsulotlari zarar ko‘rgan barcha sotuvchilarni, kompaniya qaysi mamlakatda faoliyat yuritishidan qat’i nazar, qo‘llab-quvvatlamoqda. Kompensatsiya to‘lovlari bosqichma-bosqich, tranzitlar ko‘rinishida amalga oshirilmoqda va bu jarayon davom etmoqda”, deyiladi kompaniyaning Zamon.uz’ga bergan javob xatida.

 

Xatda yozilishicha, kompaniyaning O‘zbekistondagi rejalari o‘zgarishsiz qolmoqda va belgilangan reja asosida ishlar davom etmoqda.

 

“Mahalliy sotuvchilar va xaridorlar uchun infratuzilma hamda xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar kompaniyaning uzoq muddatli strategiyasiga muvofiq izchil davom ettiriladi”, — deyiladi javobda.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seulga keldi

O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

custom img

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"