Jahon

BAA Eronni ADNOC tankeriga Hormuz bo‘g‘ozida raketa bilan zarba berishda aybladi

Hujum ortidan Fors ko‘rfazi davlatlari Eronni qoralab, bo‘g‘ozni xalqaro kemalar qatnovi uchun ochiq saqlashga chaqirdi.

BAA Eronni ADNOC tankeriga Hormuz bo‘g‘ozida raketa bilan zarba berishda aybladi

Birlashgan Arab Amirliklari Eronni Abu-Dabi milliy neft kompaniyasiga (ADNOC) tegishli tankerga Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan vaqtda raketa bilan zarba berganlikda aybladi. Hodisa oqibatida qurbonlar borligi haqida ma’lumot berilmadi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

BAA Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, tanker 8-avgust kuni tongda strategik suv yo‘lidan o‘tayotgan paytda nishonga olingan. Abu-Dabi hujumni Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan sodir etilgan “qaroqchilik harakati” deb baholadi.

 

BAA Tehrondan hujumlarni to‘xtatish hamda Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq va hech qanday shartlarsiz ochishni talab qildi. Vazirlik suv yo‘lidan bosim yoki iqtisodiy shantaj vositasi sifatida foydalanish mintaqaviy barqarorlik va global energetika xavfsizligiga tahdid solishini bildirdi.

 

ADNOC ham kemalaridan biri bo‘g‘ozni kesib o‘tayotgan paytda raketa bilan nishonga olinganini tasdiqladi. Kompaniya kemaga yetgan zarar yoki hujum vaqtida uning aniq joylashuvi haqida ma’lumot bermadi.

 

ADNOC juma kuni mojaro boshlanganidan buyon bo‘g‘oz orqali o‘tayotgan 15 ta kemasiga raketa va dronlar bilan hujum qilinganini ma’lum qilgan. Ularning uchtasi shu hafta nishonga olingan. Hujumlar oqibatida bir ekipaj a’zosi halok bo‘lgan, 20 nafari yaralangan. Kompaniya ushbu hujumlar uchun javobgarlarni ochiqlamagan.

 

Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi bosh kotibi Jassim Muhammad al-Budayviy hujumni “xavfli va nomaqbul keskinlashuv” deb atadi hamda xalqaro hamjamiyatni dengiz qatnovini himoya qilish choralarini ko‘rishga chaqirdi.

 

Qatar Hormuz bo‘g‘ozidan bosim vositasi sifatida foydalanishga qarshi chiqib, suv yo‘lini hech qanday shartsiz ochishga chaqirdi.

 

Saudiya Arabistoni tankerga hujumni keskin qoralab, Eronning bunday harakatlari xalqaro huquq va BMT Xavfsizlik kengashining 2817-rezolyutsiyasini jiddiy buzishini bildirdi. Ar-Riyod Tehronni hujumlar oqibatlari uchun javobgar deb hisoblashini ma’lum qildi.

 

Iordaniya ham hujumni xalqaro huquqning ochiqdan-ochiq buzilishi deb baholab, BAAni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

Mazkur voqea Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi keskinlikni yanada kuchaytirdi. BAA va Fors ko‘rfazidagi boshqa davlatlar strategik suv yo‘lining xalqaro kemalar qatnovi uchun ochiq qolishini talab qilmoqda.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Ukraina bo‘yicha muzokaralarda yangi bosqich: Stubb uchrashuv muddatini ma’lum qildi

Finlyandiya prezidenti AQSh, Rossiya, Ukraina va Yevropa vakillari ishtirokidagi uchrashuv bir-ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

6000 dan ortiq maktabda vahima: Italiyada ommaviy bomba tahdidlari tekshirilmoqda

Mmalakatdagi maktablarga bomba qo‘yilgani haqida anonim xatlar yuborildi.

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruv va Gruziyadagi hibs: o‘zbekistonlik ayol Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi

U uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etish va qo‘shmachilikda gumonlanmoqda.

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

60 ming imzo to‘plandi: Japarov prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tadimi?

Uning nomzodini ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy qarorni Markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi.

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Nyu-Yorkda uch qavatli bino qulab tushdi: 2 kishi halok bo'ldi

Qutqaruvchilar vayronalar ostida boshqa qurbonlar bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.