Jahon

Rossiyaning yana 11 hududida migrantlar uchun “Amina” ilovasi majburiy bo‘ladi

"Amina” mobil ilovasi ishlatmagan migrant migratsiya rejimini buzgan deb hisoblanib, mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

Rossiyaning yana 11 hududida migrantlar uchun “Amina” ilovasi majburiy bo‘ladi

Rossiyaning 11 hududida migrantlarning mamlakatga kirishi va hudud ichidagi harakatini nazorat qiluvchi “Amina” mobil ilovasi joriy etiladi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin TASS bosh direktori Andrey Kondrashovga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

“Amina” tizimi Rossiyaga ishlash uchun keladigan vizasiz davlatlar fuqarolarining migratsiya hisobini yuritish va harakatlanishini raqamli nazorat qilish uchun ishlab chiqilgan. Ilova orqali migrantning geolokatsiyasi Ichki ishlar vazirligiga uzatiladi, shuningdek, uning amaldagi joylashuvi deklaratsiya qilingan manzilga mos kelishi avtomatik tekshiriladi.

 

Sobyaninning aytishicha, migrantlar Rossiya chegarasidan o‘tayotganda barmoq izlari va raqamli fotosuratlarini topshiradi. Ushbu biometrik ma’lumotlar asosida mamlakatga kirishi taqiqlangan yoki chegarada ushlanishi kerak bo‘lgan huquqbuzarlar aniqlanadi.

 

“Amina” tizimi dastlab Moskva va Moskva viloyatida joriy etilgan. Endilikda u yana 11 ta hududdagi yirik transport, xususan, aviatsiya uzellarida qo‘llanadi.

 

Sobyanin, shuningdek, migrantning telefonida “Amina” ilovasi ishlamasa, bu migratsiya rejimi buzilishi sifatida baholanishi va shaxs mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkinligini aytdi.

 

Bundan tashqari, Rossiyada migrantlarga patent berish jarayonida genetik ma’lumotlar ham to‘planayotgani ma’lum qilindi. Sobyaninning ta’kidlashicha, bu ma’lumotlardan ilgari sodir etilgan jinoyatlarni ochishda foydalanilmoqda.

 

Moskva meri yangi texnologiyalar, jumladan, videokuzatuv, sun’iy intellekt va yuzni aniqlash tizimlari poytaxtda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirganini ta’kidladi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.