O'zbekiston

Surxondaryoda fuqaroning uyi nega buzib tashlandi?

Denovda fuqaroning uyi ogohlantirishsiz buzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat MIB holatga oydinlik kiritdi.

Surxondaryoda fuqaroning uyi nega buzib tashlandi?

Surxondaryo viloyati Denov tumanida fermerning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonida qurilgan noqonuniy uy-joy va boshqa inshootlar buzdirildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda MIB xodimlari fuqaroning uy-joyini ogohlantirishsiz buzmoqchi bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat MIB tomonidan o‘rganilib, buzish ishlari sud hujjati asosida amalga oshirilgani aniqlandi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, Denov tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 2025-yil 29-dekabrdagi ijro hujjatiga ko‘ra, Denov tumani “Chuqurqishloq” mahallasidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerning 0,20 gektar qismi o‘zboshimchalik bilan egallangan.

 

Mazkur hududda qurilgan uy-joy va boshqa noqonuniy qurilmalarni buzish hamda yer maydonini dastlabki holatiga keltirish belgilangan.

 

Sud hujjati 2026-yil 24-yanvar kuni MIBning Denov tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Qarzdorlar sud hujjati talablarini bajarish zarurligi haqida belgilangan tartibda ogohlantirilgan.

 

Sud ajrimiga asosan ijro harakatlari ma’lum muddatga to‘xtatilgan. Keyinchalik sud ko‘rsatmasiga muvofiq ushbu to‘xtatish bekor qilinib, ijro jarayoni davom ettirilgan.

 

Qarzdorlar sud hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarmagani sababli 7-avgust kuni majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan. Natijada sud hujjatida ko‘rsatilgan noqonuniy qurilmalar buzilib, yer maydonini asl holatiga keltirish bo‘yicha sud qarori ijrosi ta’minlangan.

 

MIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “fuqaroning uy-joyi ogohlantirishsiz buzilmoqchi bo‘lingan” mazmunidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"