Siyosat

Tatariston rahbari O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdi

Nijnekamskdagi dron hujumi oqibatida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham halok bo‘lgan edi.

Tatariston rahbari O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlariga hamdardlik bildirdi

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov Nijnekamsk shahriga uyushtirilgan dron hujumi oqibatida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonga hamdardlik telegrammalarini yo‘lladi. Bu haqda Tatariston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Nijnekamskdagi hujum oqibatida jami 13 kishi, jumladan, bir nafar bola halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham bor.

 

Minnixanov o‘z telegrammalarida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning yaqinlariga zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidlagan.

 

Tatariston rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, og‘ir damlarda ularga sabr-toqat va matonat tilagan. Shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.

 

Avvalroq 10-avgust kuni ertalab Tataristonning qator sanoat va fuqarolik obyektlariga dronlar orqali hujum qilingani xabar qilingan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 13 kishi, jumladan, 8 nafar o'zbekistonlik halok bo'lgan edi. 70 dan ortiq kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan, 21 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tataristonda 10-avgust motam kuni deb e’lon qilingan.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"