O'zbekiston

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

11-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “UzHydroPower” zavodida “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

 

 

Unda gidroenergetika sohasini rivojlantirish, kichik va mikro GESlar qurilishini kengaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektor ishtirokini oshirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda 20 ga yaqin tadbirkor, “Gidroproyekt” AJ va boshqa tashkilotlar vakillari, shuningdek, “Turonbank” mutasaddilari ishtirok etdi.

 

 

Muloqot davomida tadbirkorlarga kichik va mikro GESlar qurish uchun hudud tanlash, loyihalash, texnik yechimlarni ishlab chiqish, gidroagregat, turbina va generatorlarni tanlash hamda yetkazib berish, qurilish-montaj ishlarini tashkil etish va obyektlarni ishga tushirish jarayonlari bo‘yicha ma’lumot berildi.

 

 

Tadbirkorlarni qiziqtirgan asosiy masalalardan biri loyihalarni moliyalashtirish bo‘ldi. “Turonbank” vakillari imtiyozli kreditlardan foydalanish shartlari hamda zarur tartib-taomillar yuzasidan tushuntirish berdi.

 

 

Shuningdek, tadbirda “UzHydroPower” zavodining ishlab chiqarish imkoniyatlari taqdim etildi. Xitoyning “Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., L.” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxona 1 kVtdan 40 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlar, turbinalar va generatorlar, shuningdek, suv nasos agregatlari hamda suv omborlari uchun metall konstruksiyalar ishlab chiqaradi.

 

 

Muloqot yakunida tadbirkorlarning taklif va murojaatlari ko‘rib chiqilib, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha amaliy yechimlar belgilab olindi va mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"