O'zbekiston

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Simon Giger hamda Germaniyaning yangi favqulodda va muxtor elchisi Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

 

 

Simon Giger bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

 

Giger ushbu lavozimda 2021-yildan beri O‘zbekistonda faoliyat yuritgan Konstantin Obolenskiyning o‘rnini egalladi. Obolenskiy diplomatik missiyasini 2026-yil iyun oyida yakunlagan.

 

Germaniyaning yangi elchisi Mattias Follert bilan uchrashuvda esa ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

 

 

Baxtiyor Saidov Germaniyani O‘zbekistonning Yevropadagi ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlaridan biri sifatida baholadi. Uning qayd etishicha, so‘nggi yillarda yuqori darajadagi tashriflar va muntazam siyosiy muloqotlar tufayli ikki mamlakat munosabatlari izchil rivojlanmoqda.

 

Germaniyaning O‘zbekistondagi sobiq favqulodda va muxtor elchisi Manfred Huterer mamlakatdagi diplomatik missiyasini iyul oyida yakunlagandi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"