O'zbekiston

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 562 918 ta ehtiyojmand oilaga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun jami 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lab berildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

 

Kompensatsiya Prezidentning 2025-yil 2-apreldagi PQ-134-son qarori asosida bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun belgilangan tartibda ajratiladi. Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

 

Hisobot davrida elektr energiyasi uchun 51 mlrd 427,8 mln so‘m, tabiiy gaz uchun esa 40 mlrd 702,3 mln so‘m kompensatsiya to‘langan.

 

Kompensatsiya olish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotni mahalladagi ijtimoiy xodim, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki Ijtimoiy himoya milliy agentligining 1140 qisqa raqamli Call-markazi orqali olish mumkin.

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Toshkent havosi sifati: noyabrning so‘nggi kunlari qanday o‘tadi?

Poytaxtda 27–30-noyabr kunlari kuchli harorat inversiyasi kuzatilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘ladi

Tashrif dasturiga ko‘ra, Amman shahrida oliy darajadagi muzokaralar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

Yangilangan o‘zbek alifbosi: pasport va ID-kartalar almashtiriladimi?

“O‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgartirishlarni jamiyat hayotining barcha sohalariga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

Davlat tashkilotining sobiq xodimi qidiruvda edi: u Turkiyada ushlandi

U Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Qarshidagi xonadonda gaz portladi: jarohatlanganlar bor

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari va holatlarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida

Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Elektr energiyasi to‘lovi: gazsiz hududlar uchun oylik bazaviy me’yor oshirildi

Yangi me’yordan foydalanish uchun fuqarolardan ariza yoki qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

OTMlar milliy reytingi: davlat oliygohlarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida rag‘batlantirish mablag‘lari davlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘tkaziladi.