O'zbekiston

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Hujjat 2026-yil 11-avgust kuni 3921-raqam bilan ro‘yxatga olingan.

 

Nizomga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

 

Xizmatlar quyidagi fermer xo‘jaliklariga bepul taqdim etiladi:

 

— paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritish;

 

— yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga ularning xohishiga ko‘ra dastlabki 6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish;

 

— rahbari yoshlar bo‘lgan yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga 2 yil davomida tegishli xizmatlarni ko‘rsatish.

 

Shuningdek, “Soliq-servis” AJ hududiy bo‘limlari fermer xo‘jaliklarini buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tizimiga qabul qilish, buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan shug‘ullanadi.

 

Bundan tashqari, fermer xo‘jaligi xodimlarining ish haqi, soliqlari va boshqa to‘lovlarini hisoblash, soliqlar va yig‘imlar hisobini yuritish, soliq, moliyaviy hamda statistik hisobotlarni tayyorlash va inventarizatsiya jarayonlarida ishtirok etish ham mazkur xizmatlar qatoriga kiradi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.