O'zbekiston

“Diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” tushunchasiga almashtiriladi

O‘zbekistonda ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish, ularni tuzish va rahbarlik qilish uchun javobgarlik tabaqalashtiriladi.

“Diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” tushunchasiga almashtiriladi

 

Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.

 

Yangi qonun bilan Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda boshqa qator qonun hujjatlariga muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

 

Birinchi marta sodir etilgan ayrim qilmishlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi

Yangi tartibga ko‘ra, ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tayyorlash, ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek, ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining atributlari yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash va saqlash birinchi marta sodir etilganda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

 

Bunday qilmish jinoiy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilgan taqdirdagina jinoiy javobgarlikka olib keladi.

 

Senat muhokamasida qayd etilganidek, ushbu yondashuv adashgan fuqarolarning huquqlarini ta’minlash, ularni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish va qayta ijtimoiylashtirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallarni saqlash yoki tarqatishda ishtirok etgan shaxs tegishli organlarga o‘z vaqtida xabar berib, og‘ir oqibatlarning oldini olishga faol ko‘maklashsa, jinoyatning boshqa tarkibi mavjud bo‘lmagan taqdirda, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi belgilanmoqda.

 

Ekstremistik tashkilotlar bo‘yicha javobgarlik tabaqalashtiriladi

Qonun bilan ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlarni tuzish, ularga rahbarlik qilish va ularda ishtirok etish uchun javobgarlik choralari qayta ko‘rib chiqilmoqda.

 

Amaldagi tartibda ushbu qilmishlar uchun bir xil — 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Yangi tartibda esa tashkilotda ishtirok etish uchun yengilroq, uni tuzish yoki unga rahbarlik qilish uchun esa og‘irroq javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

 

“Diniy ekstremizm” atamasi o‘rniga “ekstremizm” tushunchasi qo‘llanadi

Qonundagi muhim yangiliklardan biri — “diniy ekstremizm” atamasining “ekstremizm” tushunchasiga almashtirilishidir.

 

Senat majlisida ta’kidlanganidek, bu yondashuv ekstremizmni muayyan din bilan bog‘lash amaliyotiga chek qo‘yish hamda qonunchilikda yagona huquqiy yondashuvni ta’minlashga qaratilgan.

 

Shuningdek, “ekstremizm” tushunchasining huquqiy chegaralari ham aniqlashtirilmoqda. Endilikda unga sakkizta aniq xatti-harakat asosida ta’rif berilishi, bu esa mazkur tushunchani huquqni qo‘llash amaliyotida subyektiv yoki kengaytirilgan tarzda talqin qilishning oldini olishi qayd etildi.

 

Profilaktika va xabar bergan shaxslarni himoya qilish mexanizmlari kuchaytiriladi

Qonun bilan ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi belgilanmoqda. Bunday dasturlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlashi ko‘zda tutilgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.