O'zbekiston

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi ayrim xonadonlarga avval mavjud bo‘lmagan soliq qarzdorligi hisoblangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat Soliq qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, ko‘chmas mulk obyektlariga mol-mulk va yer soliqlari kadastr idoralari ma’lumotlari asosida hisoblanadi. Toshkent shahar hokimining 2023-yil 3-martdagi qarori bilan zona chegaralari qayta tasdiqlangan. Shundan so‘ng Yuksalish ko‘chasi hududi 5-zonadan 4-zonaga o‘tkazilib, tegishli ma’lumotlar soliq organlariga taqdim etilgan.

 

Shu asosda ko‘chmas mulk obyektlarining yer solig‘i 2023-yildan 4-zona uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha qayta hisob-kitob qilingan.

 

Ma’lum qilinishicha, Yangihayot tumanining Xushnud mahallasidagi jami 144 ta ko‘chmas mulk obyektiga soliqlar qayta hisoblangan.

 

Shuningdek, 937-sonli Qonun ijrosini ta’minlash doirasidagi xatlov natijalariga ko‘ra, soliq organlariga har oyda o‘rtacha 50 mingga yaqin obyekt bo‘yicha ma’lumot kelib tushmoqda. Shu sababli qayta hisob-kitoblar amalga oshirilishi tabiiy jarayon ekani ta’kidlangan.

 

Rasmiy munosabatda qayta hisob-kitoblar amaldagi soliq qonunchiligi talablari asosida amalga oshirilgani qayd etilgan. To‘lanadigan soliqlar mahalliy budjetlarga yo‘naltirilib, aholini ijtimoiy himoya qilish, infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirishga xizmat qilishi bildirilgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.