O'zbekiston

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

 

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida YPX xodimlarining qonuniy to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Nexia-2 haydovchisi patrul avtomashinasini urib, voqea joyidan qochishga urindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tungi xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari hujjatlarni tekshirish maqsadida Nexia-2 avtomashinasini to‘xtatgan. Biroq haydovchi to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

 

Keyingi chorrahada xizmat olib borayotgan YPX xodimi ham haydovchiga bir necha bor to‘xtash ishorasini bergan. Shunga qaramay, u ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

 

Patrul ekipaji haydovchining harakatini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan xizmat avtomashinasi yordamida cheklashga uringan. Biroq Nexia-2 haydovchisi patrul avtomashinasini urib, yana voqea joyidan qochishga harakat qilgan.

 

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida haydovchining shaxsi aniqlanib, u ushlangan.

 

Haydovchi dastlabki izohida hujjatlari yo‘qligi sababli YPX xodimlaridan qo‘rqib, to‘xtamasdan harakatlanganini bildirgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida “Spark” boshqargan mast haydovchi YPX xodimining qonuniy to‘xtash talabiga bo‘ysunmasdan xodimni urib yuborgani va xodim olgan jarohatlari oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"