O'zbekiston

O‘zbekistonda 2027-yildan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasini ma’qullab, sud tizimini rivojlantirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

O‘zbekistonda 2027-yildan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda sudlar faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirishga qaratilgan “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasi taqdim etildi.

 

Strategiya aholining takliflari, olimlar, amaliyotchi yuristlar va advokatlar bilan muloqotlar, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan. Unda 57 ta vazifa, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar dasturida 160 ta aniq chora-tadbir hamda 2030-yilgacha erishilishi lozim bo‘lgan 33 ta maqsad belgilangan.

 

Quyi sudlar qarorlarini qayta ko‘rib chiqish xolisligini oshirish maqsadida 2027-yil 1-iyuldan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi.

 

Bunda viloyat sudlarida apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari saqlanib qoladi, taftish instansiyasining vakolatlari esa hududlararo sudlarga beriladi. Bu bir sudning o‘z qarorini o‘zi qayta ko‘rib chiqishi amaliyotiga chek qo‘yish hamda fuqarolarning adolat izlab poytaxtga borish zaruratini kamaytirishga qaratilgan.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarni aholiga yaqinlashtirish maqsadida 2030-yilgacha zaruratga qarab deyarli barcha tuman va shaharlarda bunday sudlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, barcha sudlarda axborot olish, murojaat topshirish va raqamli xizmatlardan foydalanish “yagona darcha” tamoyili asosida ta’minlanadi.

 

Agar sudga berilgan ariza boshqa sud vakolatiga tegishli bo‘lsa, u fuqaroga qaytarilmaydi. Sudning o‘zi arizani tegishli sudga yuboradi. Arizada juz’iy kamchilik aniqlangan taqdirda esa sud uni bartaraf etishda fuqaroga faol ko‘maklashadi.

 

Iqtisodiy nizolarni tezkor hal etish uchun “iqtisodiy ishlarni proaktiv boshqarish” standarti joriy etiladi. Ushbu tartib tadbirkorlarning turli idoralar o‘rtasida sarson bo‘lishi va hujjatlarni qayta-qayta topshirishining oldini olishga qaratilgan.

 

Inson erki oliy qadriyat ekanidan kelib chiqib, tergov va surishtiruv bosqichlarida inson huquqlari kafolatlarini kuchaytirish uchun “asosli gumon” (prima facie) standarti joriy etiladi.

 

Unga ko‘ra, tergov sudyasi sanksiya berish masalasini ko‘rib chiqishda shaxsni ushlab turishning qonuniyligi va gumon yoki ayblov uchun asoslar yetarliligini tekshirishi, shuningdek, zarur qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin bo‘ladi. Bu shaxs erkinligining asossiz cheklanishining oldini olishga qaratilgan.

 

Yagona sud amaliyotini ta’minlash maqsadida Oliy sud Rayosati qarorlarini qamrab oluvchi ochiq “Pretsedentlar reyestri” yuritiladi.

 

Sudyalarni odil sudlovga bevosita daxldor bo‘lmagan tashkiliy vazifalardan ozod qilish maqsadida 2028-yildan “sud ma’murchiligi” instituti joriy etiladi.

 

Shuningdek, “Raqamli sud” konsepsiyasi barcha sudlarda to‘laqonli ishga tushiriladi. Bunda my.sud.uz portali va uning mobil ilovasi takomillashtiriladi.

 

Sudlarga murojaatlarning kamida 50 foizini elektron shaklda topshirish, sud majlislarining 100 foizini audioyozuv orqali qayd etish hamda Oliy sud axborot tizimlari foydalanuvchilari sonini kamida 5 baravar oshirish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, mediatsiya va yarashuv mexanizmlarini kengaytirish, noqonuniy deb topilgan ma’muriy hujjatlarning ochiq reyestrini yuritish hamda “xalq vakillari hay’ati” ishtirokida ko‘riladigan jinoyat turlari sonini kamida 3 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.

 

Sud apparati xodimlari uchun maxsus xizmat kiyimi namunasi ham taqdimotda ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanishicha, bu fuqarolarga sud xodimlarini oson tanib olish va ularning kasbiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.

 

Uchrashuvda Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishni yanada takomillashtirish, sudyalar hamjamiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, sud mustaqilligini mustahkamlash va tizimdagi kadrlarning xorijda malaka oshirishiga oid takliflar ham muhokama qilindi.

 

Prezident strategiya loyihasini ma’qullab, unda nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan tegishli farmonni imzoladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.