O'zbekiston

Surxondaryoda elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Blekautga Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida yuzaga kelgan avariyali holat sabab bo‘lgandi.

Surxondaryoda elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

14-avgust kuni soat 14:38 da Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida avariya yuzaga kelishi oqibatida O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.

 

Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, elektr tarmoqlari va podstansiyalaridagi avariyaga qarshi avtomatika tizimlari o‘z vaqtida va to‘g‘ri ishlashi natijasida avariyaning O‘zbekiston energotizimida kengayib ketishining oldi olingan.

 

Shuningdek, qisqa vaqt ichida yo‘qolgan quvvatni qoplashda energiya saqlash tizimlaridagi (BESS) zaxira energiyaning tarmoqqa tezkor uzatilishi muhim rol o‘ynagan. Bu tizimlar zarur paytda energiyani juda qisqa vaqt ichida tarmoqqa yetkazib, quvvat muvozanatini tiklash va elektr chastotasining keskin pasayishining oldini olishga xizmat qilgan.

 

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatining elektr ta’minoti asosan ikkita 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i orqali ta’minlanadi. Ulardan biri qo‘shni davlat hududidan, ikkinchisi Qashqadaryo viloyati hududidan elektr energiyasini yetkazib beradi.

 

Avariya vaqtida ushbu tarmoqlardan birida rejali ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lgan. Shu sababli qo‘shni davlatdan elektr energiyasi keladigan tarmoqdagi uzilish viloyat ta’minotini qisqa muddatda to‘liq tiklash imkoniyatini cheklagan.

 

Tezkor choralar natijasida rejali ta’mirlashdagi 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i xavfsizlik talablariga muvofiq ishga tayyor holatga keltirilib, qayta ishga tushirilgan. Shundan so‘ng Surxondaryoda elektr ta’minoti bosqichma-bosqich to‘liq tiklangan.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.