O'zbekiston

Chet elda ishlayotgan oʻzbekistonliklar soni e’lon qilindi

Ularning asosiy qismi Rossiya va Yevropa mamlakatlarida mehnat qiladi.

Chet elda ishlayotgan oʻzbekistonliklar soni e’lon qilindi



O‘zbekiston Markaziy banki hisobotiga ko‘ra, ayni paytda dunyoning qariyb 40 ta mamlakatida 1,4 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda.



Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning eng katta qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. U yerda 834,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi ishlamoqda.



Shuningdek:

Yevropa mamlakatlarida — 258 ming nafar;

Qozog‘istonda — 84,4 ming nafar;

Turkiyada — 72,1 ming nafar;

Janubiy Koreyada — 46,4 ming nafar;

boshqa mamlakatlarda — 97,7 ming nafar o‘zbekistonlik ishlamoqda.

Hisobotda xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining geografik taqsimotida ham o‘zgarish kuzatilayotgani qayd etilgan.



Jumladan, MDH mamlakatlarining ulushi 29 foizga kamaygan, Yevropa mamlakatlari ulushi esa 42 foizga, Sharqiy Osiyo mamlakatlari ulushi 26 foizga oshgan.



Shuningdek, 2026-yil boshidan buyon 124,5 ming nafar o‘zbekistonlik xorijda yuqori maoshli ish o‘rinlariga joylashtirilgani ma’lum qilingan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"