Jahon

Isroilning Livan janubiga bergan zarbalaridan 11 kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola bor, yana 19 kishi jarohatlangan.

Isroilning Livan janubiga bergan zarbalaridan 11 kishi halok bo‘ldi

Isroilning Livan janubiga bergan havo zarbalari oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi. Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola ham bor. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Ma'lum qilinichicha, bu iyun oyida Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi jangovar harakatlarni sezilarli darajada kamaytirgan kelishuvlardan keyingi eng qonli hujum bo‘ldi. Hujumlar 15 avgust kuni tongda Nabatiya viloyatidagi Ansar va Deir az-Zahrani hududlariga uyushtirilgan. Ansardagi zarba oqibatida yetti kishi, jumladan uch nafar bola halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan. Deir az-Zahraniga berilgan zarbada esa to‘rt kishi halok bo‘lib, 17 kishi jarohatlangan.

 

Isroil harbiylari zarbalar Nabatiya va Ansar hududlaridagi Hizbulloh infratuzilmasiga qarshi amalga oshirilganini bildirdi. Isroil tomoni hujum Hizbullohning Ali al-Taher tizmasi hududida Isroil askarlariga qarshi harakatiga javoban uyushtirilganini ma’lum qilgan. Keyinchalik Isroil Bosh vaziri idorasi mazkur hujum oqibatida uch nafar isroillik askar og‘ir yaralanganini bildirgan.

 

Hizbulloh Isroil hujumlariga “munosib javob” berilishini ma’lum qildi. Guruh Livan hukumatini AQSH vositachiligidagi muzokaralarga tayanmaslikka chaqirib, Vashington Isroil manfaatlarini Livan suverenitetidan ustun qo‘yayotganini ta’kidladi.

 

Livan bosh vaziri Navof Salam Isroil hujumlarini qoralab, vaziyatning keskinlashuvi “o‘ta xavfli” ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Livan hududidagi har qanday harbiy infratuzilma bilan shug‘ullanish faqat Livan davlatining vakolatiga kiradi.

 

Livan prezidenti Jozef Aun ham hujumlarni qoralab, ular janubdagi barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan kelishuvlarni buzayotganini bildirdi.

 

Isroil va Livan o‘rtasidagi iyun oyidagi kelishuv Hizbullohni qurolsizlantirish, Isroil kuchlarini Livan hududidan bosqichma-bosqich olib chiqish hamda Livan armiyasini mamlakat janubiga joylashtirishni nazarda tutadi. Biroq kelishuvga qaramay, Livan janubida Isroil hujumlari davom etmoqda.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"