Jahon

Rossiyada migrantlar soniga cheklov joriy etish taklif qilindi

Shuningdek, migrantlarning ishlamaydigan yoki o‘qimaydigan oila a’zolari uchun kirish va yashash cheklovlarini joriy etish masalasi ham ko'rib chiqilmoqda.

Rossiyada migrantlar soniga cheklov joriy etish taklif qilindi


Rossiyaning Liberal-demokratik partiyasi (LDPR) mamlakatdagi xorijiy fuqarolar soniga cheklovlar joriy etishni taklif qildi.



Davlat Dumasining Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, LDPR fraksiyasi rahbariyatidagi deputat Andrey Lugovoyning ta’kidlashicha, Rossiyada ishlash yoki o‘qish uchun asosga ega bo‘lmagan migrantlarning oila a’zolarining mamlakatga kirishi va yashashiga ruxsat berilmasligi kerak.



Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga ishlash uchun kelgan xorijiy fuqarolar mehnat qilishi, o‘qish uchun kelganlar esa ta’lim olishi kerak.



Lugovoy Rossiyada qolayotgan migrantlar sonini bosqichma-bosqich kamaytirishni taklif qildi. Uning rejasiga ko‘ra:

2027-yil oxirigacha — 5 million nafargacha;

2028-yil oxirigacha — 4 million nafargacha;

2030-yilga kelib — 3 million nafargacha xorijiy fuqaro qolishi kerak.


Deputat, shuningdek, noqonuniy yashash, qonunbuzarlik yoki mamlakatda qolish uchun asoslarning tugashi deportatsiyaga sabab bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.



Bundan tashqari, qurilish, savdo, transport, qishloq xo‘jaligi va xorijiy ishchi kuchi ulushi yuqori bo‘lgan boshqa sohalarda migrantlar uchun ruxsat etilgan ishchi kuchi ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va 2030-yilga borib 10 foizgacha tushirish taklif qilingan.



Lugovoyning fikricha, ish beruvchi xorijiy ishchi kuchidan foydalanish iqtisodiyot uchun zarur ekanini asoslab berishi kerak.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.