O'zbekiston

Sudya Aziza Mirzayeva majlisga ketayotganida halokatga uchradimi?

Oliy sud Tomdi tuman sudi raisi vafoti yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Sudya Aziza Mirzayeva majlisga ketayotganida halokatga uchradimi?

15-avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi Aziza Mirzayeva yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgandi. Huquq faoli Abdurahmon Tashanov sudya majlisga ketayotganida halokatga uchragani haqida yozgan edi. 

 

Unga ko‘ra, 15-avgust — dam olish kuniga qaramay, Oliy sud rahbariyati tomonidan sudlov tizimi uchun majlis o‘tkazilgan va shahar hamda tuman sudlari rahbarlariga o‘z kabinetlarida videokonferensaloqa orqali unda ishtirok etish topshirilgan. 

 

Oliy sud mazkur xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlar va ayrim axborot manbalarida tarqalgan Aziza Mirzayeva dam olish kuni Oliy sud rahbariyati tomonidan o‘tkazilishi belgilangan majlisda ishtirok etish uchun Tomdi tumaniga yo‘l olgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 

Rasmiy munosabatga ko‘ra, 2026-yil 15-avgust kuni Oliy sud tomonidan hech qanday majlis belgilanmagan va o‘tkazilmagan. Shuningdek, shahar va tuman sudlari raislarining dam olish kuni xizmat joyiga kelishini talab qiluvchi hech qanday topshiriq berilmagan.

 

Oliy sud Aziza Mirzayevaning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari, farzandlari, yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildirib, hodisaning kelib chiqish sabablari va boshqa holatlariga huquqiy baho vakolatli organlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda berilishini ma’lum qildi.

 

Shuningdek, tekshiruv yakuniga yetmasdan marhumaning qayerga va qanday maqsadda yo‘l olgani yoki hodisa sabablari haqidagi taxminlarni tasdiqlangan fakt sifatida tarqatish o‘rinsiz ekani ta’kidlandi.

 

Oliy sud OAV, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini marhumaning xotirasi hamda uning yaqinlari qayg‘usiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga, tekshirilmagan ma’lumot va asossiz taxminlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"