O'zbekiston

Toshkentdagi yong‘inda halok bo‘lgan FVV ofitseri Samarqandda dafn etildi

Dafn marosimida FVV rahbariyati va shaxsiy tarkibi, marhumning yaqinlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Toshkentdagi yong‘inda halok bo‘lgan FVV ofitseri Samarqandda dafn etildi

15-avgust kuni Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) Maxsus qutqaruv batalyoni otryad komandirining o‘rinbosari – guruh komandiri, kapitan Boburmirzo Pardayev Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida dafn etildi.

 

Dafn marosimida FVV rahbariyati va shaxsiy tarkibi, marhumning yaqinlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Marhum ofitser harbiy an’anaga muvofiq, harbiy sharaf bilan so‘nggi manziliga kuzatildi.

 

Kapitan Boburmirzo Pardayev el-yurt osoyishtaligini ta’minlash va insonlar hayotini asrash yo‘lida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘ldi.

 

Marhumning jasorati va Vatanga sadoqati hamda uning qutqaruvchilik faoliyati hamkasblari va yaqinlari xotirasida saqlanib qoladi.

 

Eslatib o‘tamiz, kapitan shaxsan 7 kishini yonayotgan uydan olib chiqqan. Biroq yong‘inni bartaraf etish vaqtida tom qismi to‘satdan qulab tushgan va qutqaruvchi halok bo‘lgan.

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi

Yiliga 3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanib, 1,6 milliard kVT elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

custom img

Toshkentda yo‘lkira oshadi: yangi tariflar taklif qilindi

Naqd to‘lovda yo‘lkira 3 ming so‘m, elektron to‘lovda esa 2,5 ming so‘m etib belgilanishi mumkin.

custom img

O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni qaytarish bo‘yicha komissiya tuziladi

Ichan-qal’a muzey-qo‘riqxonasi hududida “Olloqulixon karvonsaroyi” savdo markazini tashkil etish loyihasi alohida ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha baland shovqin chiqarish taqiqlanadi

Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari cheklov 22:00 dan 09:00 gacha amal qiladi.

custom img

Chirchiqda yuk mashinasining tirkamasi xonadonga urildi

Xonadonga yetkazilgan zarar qoplanishi bildirildi.

custom img

Brakonerlar qarshiligi: inspektor halok bo‘ldi

Marhum "Tabiat himoyachisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

custom img

O‘zbekistonda valyuta kursini shakllantirish tartibi o‘zgartiriladi

15-sentabrdan rasmiy almashuv kursini hisoblashda valyuta birjasidan tashqari banklararo bozorda tuzilgan bitimlar ham inobatga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"