Jahon

Meta bolalarga zarar yetkazganlikda ayblanib, jarimaga tortilishi mumkin

AQShda kompaniyaga qarshi bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy tarmoqlarda uzoqroq vaqt ushlab turadigan funksiyalardan foydalangani haqidagi da’volar bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.

Meta bolalarga zarar yetkazganlikda ayblanib, jarimaga tortilishi mumkin

AQShda Meta kompaniyasiga qarshi bolalar va o‘smirlarga zarar yetkazgani haqidagi da’volar bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Point.md xabar berdi.

 

Kaliforniya, Kolorado, Kentukki va Nyu-Jersi shtatlari Meta’ni Facebook va Instagram’da bolalar hamda o‘smirlarni platformalarda imkon qadar uzoqroq ushlab turadigan funksiyalardan ataylab foydalanganlikda ayblamoqda.

 

Da’vogarlar, shuningdek, kompaniya 13 yoshdan kichik bolalarning ota-onalari roziligisiz ma’lumotlarini to‘plaganini ta’kidlamoqda. Meta esa barcha ayblovlarni rad etmoqda.

 

Kompaniyaning o‘z hisob-kitoblariga ko‘ra, ish bo‘yicha nazariy jihatdan 1,4 trillion dollargacha jarima qo‘llanishi mumkin. Biroq yuristlar bunday miqdordagi jarima ehtimoli juda pastligini aytmoqda.

 

Sudda Meta rahbari Mark Sukerberg, Instagram rahbari Adam Mosseri va kompaniyaning sobiq xodimlari guvohlik berishi kutilmoqda.

 

Ish natijasi Meta’dan Facebook va Instagram’dagi ayrim funksiyalarni o‘zgartirishni ham talab qilishi mumkin.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"