O'zbekiston

Toshkentda perforator va benzopila ichiga yashirilgan narkotiklar aniqlandi

Narkotiklar Rossiyadan pochta orqali yuborilgani aniqlangan.

Toshkentda perforator va benzopila ichiga yashirilgan narkotiklar aniqlandi

 

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qurilish asboblari ichiga yashirilgan “Alfa-PVP” sintetik narkotik moddasi aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan shaxs to‘xtatilib, tekshirilgan.

 

Tekshiruvda unga tegishli perforator ichiga 478 gramm “Alfa-PVP” yashirilgani aniqlangan.

 

Shuningdek, shu tumanda qayd etilgan boshqa holatda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 2009-yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli yog‘och kesuvchi asbob — benzopila ichidan 107 gramm “Alfa-PVP” moddasi topilgan.

 

Tergovga qadar tekshiruvda har ikki holatda ham giyohvandlik vositalari Rossiya Federatsiyasidan pochta jo‘natmasi orqali yuborilgani aniqlangan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"