O'zbekiston

Boshpanasiz shaxslarni vaqtincha boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi

Boshpanasiz shaxslar ko‘cha, vokzal, bozor va boshqa jamoat joylarida ichki ishlar hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan aniqlanadi.

Boshpanasiz shaxslarni vaqtincha boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlariga joylashtirish tartibi belgilandi. Bu Hukumatning 18-avgustdagi 447-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentda belgilangan.

 

Unga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari va mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘cha, vokzal, bozor, yerosti yo‘laklari, yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar va boshqa jamoat joylarida muntazam ravishda boshpanasiz shaxslar aniqlanadi. Ularga Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazi xizmatlaridan foydalanish taklif etiladi.

 

Voyaga yetgan boshpanasiz shaxs markazga joylashish uchun bevosita murojaat qiladi. Agar uning voyaga yetmagan farzandlari bo‘lsa, ular ham ota yoki onasi bilan birgalikda markazga joylashtiriladi.

 

Markazga olib kelingan shaxslar tuman yoki shahar darajasidagi tibbiyot muassasalarining shoshilinch qabul bo‘limlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

 

Shaxsda markazga joylashtirishga to‘sqinlik qiluvchi shoshilinch tibbiy yordamga ehtiyoj yoki yuqumli kasalliklar aniqlanmasa, u markazga qabul qilinadi.

 

Boshpanasiz shaxs tomonidan so‘rovnomani to‘ldirish markazga joylashish hamda uning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga roziligini anglatadi.

 

So‘rovnoma shakllantirilganidan so‘ng shaxs markazga 7 kungacha joylashtiriladi. Ayrim belgilangan holatlarda markazda qolish muddati 6 oygacha uzaytirilishi mumkin.

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevga muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi takliflar taqdim etilgandi.

 

Taqdimotda amaldagi reabilitatsiya muassasalarini vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlariga aylantirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.