Jahon

To'qayev Qozog'iston tashqi siyosatiga muhim o'zgartirish kiritdi

Yangi qabul qilingan hujjatga ko'ra, Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev tashqi siyosat masallari bo'yicha fuqarolar va davlat organlariga murojaat qilish huquqidan umrbod mahrum qilindi.

To'qayev Qozog'iston tashqi siyosatiga muhim o'zgartirish kiritdi

 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatning Tashqi siyosat konsepsiyasiga o‘zgartirish kiritdi. Unga ko‘ra, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning fuqarolar va davlat organlariga tashqi siyosat masalalari bo‘yicha murojaat qilishga doir umrbod maxsus huquqi bekor qilindi. Bu haqda Inbusiness.kz xabar berdi.

 

Nazarboyev 1991–2019-yillarda Qozog‘iston prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-yil yanvaridagi ommaviy noroziliklardan so‘ng u siyosiy ta’sirini sezilarli darajada yo‘qotdi. Jumladan, Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan iste’foga chiqqan va hukmron partiyaga rahbarlik qilishni to‘xtatgan.

 

2023-yil boshida Toqayev “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elbasi to‘g‘risida”gi qonunni bekor qilish haqidagi hujjatni imzolagan. Mazkur qonun Nazarboyevga “Elbasi” — “Millat yetakchisi” maqomini hamda bir qator umrbod imtiyoz va kafolatlarni bergan edi.

 

Nazarboyev “Elbasi” maqomini 2010-yilda olgan. Ushbu maqom doirasida davlat organlari ichki va tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini u bilan muvofiqlashtirishi nazarda tutilgan edi.

 

Yangilangan Tashqi siyosat konsepsiyasida boshqa tahririy va institutsional o‘zgarishlar ham kiritilgan. Jumladan, “fuqaro” atamasi “Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi” shakliga o‘zgartirilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.