O'zbekiston

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Inoqov Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichi bitiruvchisi hisoblanadi

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

 

Sessiyada ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatov, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, xalq deputatlari Kengashi a’zolari, mutasaddi idoralar rahbarlari, hamkor tashkilotlar mas’ullari, shahar va tumanlar jamoatchilik faollari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.

 

Tashkiliy masala doirasida Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichi bitiruvchisi Baxtiyor Inoqov viloyat IIB boshlig‘i etib tayinlangani bildirildi.

 

Sessiyada Surxondaryodagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar tahlil qilindi. Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish va profilaktika ishlarini kuchaytirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilning hisobot davrida viloyatdagi 723 ta mahallaning 528 tasida, ya’ni 73 foizida birorta ham jinoyat sodir etilmagan. Xodimlarning tashabbusi bilan aniqlangan jinoyatlar soni esa 40 foizga yaxshilangan.

 

Biroq viloyatdagi 28 ta mahalla “qizil” toifada qolayotgani tanqid qilindi. Ushbu hududlarda jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni manzilli aniqlash va bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

 

Yangi tayinlangan rahbar oldiga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqayotgan muammolarni chuqur o‘rganib, ularga yechim topish vazifalari qo‘yildi.

 

Shuningdek, fuqarolarning ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, tuman va shahar IIB rahbarlarining mahallalar kesimidagi ish samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Sessiya yakunida viloyatda osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.

 

21-avgust kuni Timur Kamalitdinovich Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlanib, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilgandi.

custom img

Xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan ikki xodim “Jasorat” medali bilan taqdirlandi

Marhum FVV xodimi Toshkentdagi xonadonda bo‘lgan yong‘inda 7 kishini qutqarib, o‘zi halok bo‘lgandi. YPX xodimi Spark urib ketishi oqibatida vafot etgandi.

custom img

Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Sherzod Asadov 2021-yil mart oyidan buyon prezident matbuot kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Prezident farmoniga ko‘ra bir qator davlat xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

custom img

Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Komil Allamjonov O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan bir qator soha vakillari mukofotlandi

Prezident farmoni bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at hamda OAV sohalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.

custom img

Taniqli qilichboz va MOQ sobiq raisi Sobir Ro‘ziyev vafot etdi

U jahon chempionatlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.

custom img

Qozog‘istonda YTH oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hozirda ularni Vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

custom img

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz va TDYU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Hujjat inson huquqlari, yuridik ta’lim, ilmiy-tadqiqotlar va yosh huquqshunoslar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"