Siyosat

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdi

Bir qator sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga start berildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar.

 

 

Muzokaralarda O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

 

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini alohida ta’kidladi.

 

Sammit yakunida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi buning tasdig‘i bo‘ladi. Eng muhimi, strategik sheriklik va ittifoqchiligimizning har bir bandi aniq natijalar va amaliy harakatlarda o‘z ifodasini topadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Yetakchilar ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini qayd etdilar. Parlamentlar, hukumatlar va tarmoqlar o‘rtasida muntazam muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

 

 

Tashrifga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari va Hududlar forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 

So‘nggi besh yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3 barobarga ortdi. Energetika, kimyo, konchilik, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

 

Tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi. Aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan dastur qabul qilinayotgani mazkur muhim marraga erishish uchun mustahkam zamin yaratadi.

 

Yig‘ilish doirasida yangi kooperatsiya loyihalarini bajarishga start beriladi. Bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qo‘shma investitsiya kompaniyasi mablag‘larini faol jalb etish muhimligi ta’kidlandi.

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, O‘rta yo‘lakni birgalikda rivojlantirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Yetakchilar madaniyat, ta’lim, yoshlar siyosati va sport sohalaridagi faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Shuningdek, bugun Nizomiy Ganjaviy nomidagi Milliy pedagogika universitetining yangi binosi ochiladi hamda Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘ini barpo etish ishlari boshlanadi.

 

Ikki xalqni yanada yaqinlashtirish maqsadida “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy o‘rtasidagi adabiy ko‘prik” mavzusida qo‘shma kinofilm yaratish taklif etildi.

 

Joriy yilning kuzida Ozarbayjonda yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tadi.

 

2027-yilda ikki mamlakatda muhim sport voqeasi – futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu borada qo‘shma sport, madaniyat va yoshlarga oid tadbirlarni o‘tkazishni nazarda tutuvchi keng ko‘lamli “Ikki mamlakat – bir chempionat” dasturi ishlab chiqiladi.

 

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. Yig‘ilishda Hukumatlararo komissiya hamraislarining axborotlari tinglandi. Erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga qaror qilindi.

 

Yakunda bank-moliya, qurilish materiallari, ta’lim, neft-gaz, turizm, uy-joy qurilishi, tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga start berildi.

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida Erdog‘an bilan uchrashuv, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti va biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda “SamAvto”ni modernizatsiya qilish va yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

Eron elchixonalarining Samarqand merosi haqidagi postlari yuzasidan yuzaga kelgan diplomatik bahsga Tehron izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.