Jahon

15 yoshli qiz ichagidagi igna bilan uch hafta yashadi

Qiz ro‘molini mahkamlash uchun ishlatiladigan ignani tasodifan yutib yuborgan.

15 yoshli qiz ichagidagi igna bilan uch hafta yashadi

 

Chechenistonda 15 yoshli qiz ro‘molini mahkamlash uchun ishlatiladigan ignani tasodifan yutib yuborgan. U o‘tkir metall buyum bilan 20 kun davomida yashagan. Bu haqda “Sapa Kavkaz” xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, qiz voqeadan so‘ng darhol shifoxonaga murojaat qilgan. Ikki kundan keyin o‘tkazilgan rentgen tekshiruvida igna ichakda ekanligi aniqlangan.

 

Shifokorlar dastlab uni endoskopik usulda olib tashlashni rejalashtirgan. Biroq igna yetarlicha chuqur joylashgani sababli uni bu usulda chiqarishning imkoni bo‘lmagan. Mutaxassislar bemorning holatini kuzatib borgan.

 

20 kun o‘tib, igna jarrohlik aralashuvisiz, tabiiy yo‘l bilan organizmdan chiqib ketgan. Shifokor-nefrolog Tamila Tsitsieva bu holatni juda kam uchraydigan va omadli yakunlangan holat sifatida baholagan.

 

Mutaxassislar ro‘mol o‘raydigan qizlarni ignalarni og‘iz yaqinida tutmaslikka chaqirgan. Ularning ta’kidlashicha, bitta ehtiyotsiz harakatning o‘zi o‘tkir ignani tasodifan yutib yuborishga olib kelishi mumkin. Bunday holat esa ichki a’zolarning shikastlanishi, jiddiy asoratlar va jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj tug‘dirishi ehtimolini oshiradi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.